Бош мутахассиси

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Olmazor tumani 💰 2 506 000 so'm 👁️ 3 ko'rish 📅 24.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Bo'lim: Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi Vazifalar: 1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, sohaga oid qonunlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatalarining qarorlari, Prezident Farmon, qaror va farmoyishlar. 2. Sohaga oid hukumat qarorlari va topshiriqlarini, idoraviy va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda ularni amaliyotda qoʻllash, ulardan kelib chiqadigan xizmat vazifalarini belgilay olish. 3. Kompyuter savodxonligi boʻyicha – Microsoft Office (MS Word, MS Excel, MS Power Point, MS Access) dasturlarida hamda Internet tarmogʻida professional darajada ishlay olish (kompyuter, faks, kseroks, skaner, internet). 4. Xorijiy, xususan rus, ingliz yoki boshqa chet tillarini bilishi. 5. Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega boʻlish lozim. Ish sharoitlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma kunlari soat 9:00 dan 18:00gacha ish kunlari. shanba, yakshanba dam olish kuni. Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри, Олмазор тумани, Университет кўчаси, 7 уй 71-207-16-58

✅ Talablar

1. Iqtisodiyot, moliya yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi (magistr, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi). 2. Davlat boshqaruvi organlarining taʼlim, fan va innovatsiya tarmoqlari moliya-iqtisodiyot sohalarida kamida 3 yil boshqaruv yoki mutaxassis lavozimlarida ishlagan boʻlish. 3. Taʼlim, fan va innovatsiya tarmoqlarini moliyalashtirish va rejalashtirish bilan bogʻliq ish rejalarini ishlab chiqilishini, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash; Budjet tizimini, daromadlar va xarajatlar smetalari shuningdek, lavozimlar boʻyicha shtat jadvallarini tuzishni yaxshi bilishi, sohani takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishda yetarli tajribaga va bilimga ega boʻlishi, tashabbuskor va tizimli fikrlay olish qobiliyatlariga hamda malakaga ega boʻlishi. 4. Davlat tilida ish yuritish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi. 5. Professional, ish etiketi va muomala madaniyatiga ega boʻlish. 6. Jamoada ishlash qobiliyati, masʼuliyatli, ishchan va stress holatlariga chidamli boʻlishi. 7. Poraxoʻrlik va korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega boʻlish lozim. 8. Taʼlim, fan va innovatsiyani moliyalashtirish sohalarida hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardorlik va tashabbuskorlik. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba