Boshqarma boshlig'i o'rinbosari

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Olmazor tumani 💰 3 256 638 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 24.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Bo'lim: Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi Vazifalar: 1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, sohaga oid qonunlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatalarining qarorlari, Prezident Farmon, qaror va farmoyishlar. 2. Sohaga oid hukumat qarorlari va topshiriqlarini, idoraviy va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda ularni amaliyotda qoʻllash, ulardan kelib chiqadigan xizmat vazifalarini belgilay olish. 3. Kompyuter savodxonligi boʻyicha – Microsoft Office (MS Word, MS Excel, MS Power Point, MS Access) dasturlarida hamda Internet tarmogʻida professional darajada ishlay olish (kompyuter, faks, kseroks, skaner, internet). 4. Xorijiy, xususan rus, ingliz yoki boshqa kamida bitta chet tillarini mukammal darajada bilishi. 5. Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega boʻlish lozim. Ish sharoitlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma kunlari soat 9:00 dan 18:00gacha ish kunlari. shanba, yakshanba dam olish kuni. Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри, Олмазор тумани, Университет кўчаси, 7 уй 71-207-16-58

✅ Talablar

1. Ustuvor ravishda yuridik, iqtisodiyot yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi. 2. Davlat boshqaruvi organlari, taʼlim, fan va innovatsiya tarmoqlarida kamida 5 yil (shundan kamida 2 yili rahbariy) boshqaruv yoki mutaxassis lavozimlarida, shundan 2 yilini inson resurslarini rivojlantirish tarmogʻida ishlagan boʻlishi. 3. Inson resurslari bilan bogʻliq ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash; nomenklaturaga asosan yetarli bilim va tajribaga ega, mavjud imkoniyatlarni toʻgʻri baholay oladigan, sohani rivojlantirishga har jihatdan munosib boʻlgan tashabbuskor, salohiyatli nomzodlarni tanlash bilan bogʻliq ishlarni tashkil qilish, mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlashda chora-tadbirlar ishlab chiqilishini, shu jumladan, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqilishini bilishi, tizimli fikrlay olish qobiliyatlariga va malakaga ega boʻlishi. 4. Davlat tilida ish yuritish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi. 5. Professional, ish etiketi va muomala madaniyatiga ega boʻlish. 6. Jamoada ishlash qobiliyati, masʼuliyatli, ishchan va stress holatlariga chidamli boʻlishi lozim. 7. Poraxoʻrlik va korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega boʻlish; 8. Davlat xizmatlarini rivojlantirish, taʼlim, fan, innovatsiya, yuridik sohalarida hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardorlik, talabchanlik va tashabbuskorlik. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba