Тиббиёт бригада ҳамшираси
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Mirzo Ulug'bek tuman tibbiyot birlashmasi 6-son oilaviy poliklinika
Bo'lim: умумий амалиёт
Vazifalar:
Umumiy amaliyot hamshirasi kuyidagi huquqlarga ega:
Muassasa rahbari, oila shifokori, bosh/katta hamshiraga mehnatni tashkil etish, zarur dori-darmon vositalari, asbob-uskunalar, tibbiyotga oid buyumlar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha, shuningdek o‘z vakolati doirasida aholiga ko‘rsatiladigan davolash-profilaktika yordamini yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflar berish;
biriktirilgan hududda davolash-profilaktika va tashkiliy ishlar masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar (majlislar)da ishtirok etish;
o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini o‘z ustida uzluksiz ishlash, sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv kurslari va seminarlarda, shuningdek malaka oshirish kurslarida ishtirok etish yo‘li bilan takomillashtirish;
o‘z malaka toifasiga munosibligini tasdiqlash uchun har besh yilda bir marta attestatsiyadan o‘tish;
boshqa mutaxassis va tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan va vakolatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarda ishtirok etish;
o‘z vakolat doirasiga kirmaydigan vazifalar yuklatilganda undan bosh tortish;
Umumiy amaliyot hamshirasi o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
Umumiy amaliyot hamshirasi aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda mijoz huquqining poymol bo‘lmasligini ta’minlash, bemor sirini saqlanishiga erishish, mijoz va hamkasblariga samimiy munosabatda bo‘lishi kerak.
Ish sharoitlari:
jadval asosida
✅ Talablar
99/897-30-20 O'rta maxsus tibbiy ma'lumotga ega, akusherlik ishi yo'nalishi ni tamomlagan mutaxassis