Умумий амалиёт ҳамшираси

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Yashnobod tumani 💰 2 819 875 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 25.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasi- 32-son oilaviy poliklinikasi Bo'lim: umumiy amaliyot bo'limi Vazifalar: Homilador ayollarni uy sharoitida patronaj qilish. Homiladorlikning kechishini kuzatish va ona hamda homilaning holatini baholash. Homilador ayollarga sog‘lom ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar berish. Tug‘ruqqa tayyorgarlik va emizish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish. Tug‘ruqdan keyingi ayol va yangi tug‘ilgan chaqaloqni patronaj qilish. Ona va chaqaloqning sog‘lig‘ini muntazam kuzatish, xavf belgilari aniqlansa shifokorga xabar berish yoki yo‘naltirish. Chaqaloq parvarishi, emizish, emlash va gigiyena qoidalari bo‘yicha ota-onalarga maslahat berish. Profilaktik tadbirlarni tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish. Tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish. Shifokor ko‘rsatmalarini bajarish va zarur hollarda tez tibbiy yordam ko‘rsatish. Sanitariya-gigiyena hamda infeksiya nazorati qoidalariga qat'iy rioya qilish. Tibbiy etika va deontologiya tamoyillariga amal qilish, bemorlarning shaxsiy ma'lumotlari maxfiyligini saqlash. Ish sharoitlari: grafik asosida

✅ Talablar

Tegishli tibbiy ma'lumotga ega bo‘lishi (akusherlik yoki hamshiralik bo‘yicha o‘rta maxsus yoki oliy ma'lumot). Amaldagi klinik protokollar va standartlarni bilishi hamda ularga rioya qilishi. Homilador ayollar, tug‘ruqdan keyingi ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni patronaj qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi. Ona va bolaning holatini baholay olishi, xavf omillarini erta aniqlashi. Shoshilinch holatlarni tanishi va o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilishi yoki yo‘naltirishi. Tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritishi. Sanitariya-gigiyena va infeksiya nazorati qoidalariga rioya qilishi. Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga amal qilishi, bemorlar bilan xushmuomala va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi. Bemorning shaxsiy ma'lumotlari maxfiyligini saqlashi. Sog‘lom turmush tarzi, emizish, oila rejalashtirish va bola parvarishi bo‘yicha sifatli maslahat bera olishi. Doimiy ravishda malakasini oshirib borishi va zamonaviy tibbiy bilimlarni o‘zlashtirishi. Jamoada ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi hamda shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlari bilan samarali hamkorlik qilishi.

📎 Manba