Патронаж ҳамшираси
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yangihayot tumani 66-sonli oilaviy poliklinika
Bo'lim: Patronaj hamshira
Vazifalar:
7. Oila hamshirasi o‘z vakolati doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Oila shifokori boshchiligida, tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari bilan birgalikda tibbiyot brigadasining ustuvor vazifalar bo‘yicha yillik rejasini tuzish va undan kelib chiqib, o‘zining oylik, haftalik va kundalik vazifalarini belgilash;
Biriktirilgan aholiga, oilaning barcha a’zolariga kasalliklarning oldini olish va davolash ishlari bo‘yicha tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish;
Homilador va chilla davridagi ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘rigini xonadonlarda o‘tkazish, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ehtiyojmand kontingent (yolg‘iz qariyalar, yotib qolgan bemor va nogironlar)ga universal-progressiv usulda patronaj tashriflarini o‘tkazish;
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarga, 18–40 yoshdagi aholini profilaktik ko‘riklarga, surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlarni dispanser ko‘riklariga taklif etish;
Kasalliklarni erta aniqlash maqsadida xavf guruhiga mansub aholini skrining dasturlari bilan qamrab olishda ishtirok etish (xonadonda so‘rovnomalardan o‘tkazish, antropometrik o‘lchovlar va fizik tekshiruvlarni amalga oshirish);
Surunkali kasalligi bor bemorlarning oila shifokori bilan birga dinamik kuzatuvlarini amalga oshirish, individual reja asosida sog‘lomlashtirish-reabilitatsiya tadbirlari o‘tkazilishida ishtirok etish;
Kasalliklar profilaktikasi maqsadida profilaktik emlashlarga taklif etish va emlashdan keyingi nazoratni amalga oshirish;
Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shaxsiy va xonadon gigiyenasiga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, kun tartibini oqilona rejalashtirish va tashkillashtirish, zararli odatlarga qarshi kurashish masalalarida aholi orasida (mahallada, xonadonlarda) targ‘ibotni zamonaviy usullarda o‘tkazish;
Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ommaviy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va qatnashish, “Salomatlik maktabi” faoliyatini amalga oshirish;
Ko‘krak suti bilan boqish, ayollar va bolalarni ratsional ovqatlantirish, ota-onalar va bolalar o‘rtasida bog‘liqlikni rivojlantirish, oilada bola uchun xavfsiz muhit yaratish, jarohatlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish, bolalarda motorika va nutqni rivojlantirishda kechikish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar berish;
Surunkali kasallikka chalingan bemorlarni o‘zini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish maqsadida “Profilaktika maktablari”ga jalb etish;
Sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish, bunda biriktirilgan hudud va uy xo‘jaliklarining sanitariya-gigiyena holatini umumiy nazorat qilish, aholini epidemiologik xavfli holatlar haqida ogohlantirish, yuqumli kasalliklar aniqlangan “o‘choq”larda observatsiya tadbirlarini o‘tkazish;
Shikastlanish, zaharlanish va o‘tkir holatlarda aholiga shifokorgacha tibbiy yordam ko‘rsatish;
Oilaviy shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra “uydagi shifoxona” sharoitida davolanayotgan bemorlarni nazorat qilish va tegishli tibbiy muolajalarni sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda bajarish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Тошкент шахар Янгихаёт тумани 9-қурулиш худуди Мархамат мфй
99-470-90-57
✅ Talablar
Tibbiyot brigadasining oila (patronaj) hamshirasi (keyinchalik — Oila hamshirasi) — “oliy hamshiralik ishi”, “umumiy amaliyot hamshirasi”, “feldsher”, “tibbiyot hamshirasi”, “akusherka” kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki “umumiy amaliyot hamshirasi” dasturi bo‘yicha diplomdan keyingi ixtisosligini muvaffaqiyatli o‘tgan diplomli mutaxassisdir.
Oila hamshirasi ish faoliyatida biriktirilgan aholiga, jinsi va yoshidan qat’i nazar, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va karantin, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi.
Oila hamshirasi oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari hamda o‘zi mustaqil ravishda oilaviy shifokorning bevosita nazorati ostida faoliyat yuritadi.
Oila hamshirasi o‘z ish faoliyatida tashkiliy-uslubiy masalalar bo‘yicha bevosita nazorat qiluvchi oilaviy shifokorga va umumiy amaliyot hamshirasiga, maxsus hamshiralik ishi masalalari bo‘yicha — bosh, katta hamshira/feldsherga, umumiy masalalar bo‘yicha esa muassasa rahbariga bo‘ysunadi.
Oila hamshirasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruq va yo‘riqnomalari, tegishli Sog‘liqni saqlash hududiy organlari, tuman/shahar tibbiyot birlashmasi va davolash-profilaktika muassasasi rahbarining buyruq va ko‘rsatmalari, shuningdek mazkur Nizomga ko‘ra amalga oshiradi.
Oila hamshirasini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda, muassasa rahbari tomonidan amalga oshiriladi.