Гинеколог ҳамшираси

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Yangihayot tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 26.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yangihayot tumani 66-sonli oilaviy poliklinika Bo'lim: Гинекология Бўлими Vazifalar: Bemorlarni ginekolog qabuliga tayyorlash. Bemorning shikoyatlari va anamneziga oid ma’lumotlarni aniqlashda shifokorga yordam berish. Arterial bosim, puls, tana harorati kabi ko‘rsatkichlarni zaruratga ko‘ra o‘lchash. Ginekologik ko‘rik uchun kabinetni va bemorni tayyorlash. Ginekologik ko‘rik vaqtida shifokorga yordam berish. Ko‘rik uchun ginekologik kreslo, steril asboblar, qo‘lqop, salfetka va boshqa materiallarni tayyorlash. Surma (mazok), sitologik va boshqa biologik materiallarni olish jarayonida shifokorga yordam berish hamda materiallarni belgilangan tartibda laboratoriyaga yuborish. Shifokor ko‘rsatmasi bilan davolash va muolajalarni bajarish. Homilador ayollarni tegishli tekshiruvlarga tayyorlash va yo‘llashda yordam berish. Bemorlarni UTT, laboratoriya tekshiruvlari va boshqa mutaxassislarga yo‘naltirishda yordam berish. Ginekologik muolajalardan keyin bemorning holatini kuzatish. Tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish. Steril asboblarni tayyorlash, dezinfeksiya va sterilizatsiya talablariga rioya qilish. Xonada sanitariya-gigiyena va infeksion nazorat talablariga rioya qilish. Tibbiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va chiqarishni ta’minlash. Dori vositalari, steril materiallar va tibbiy buyumlarning mavjudligi hamda yaroqlilik muddatlarini nazorat qilish. Bemorning ahvoli yomonlashganda darhol shifokorga xabar berish va o‘z vakolati doirasida birinchi yordam ko‘rsatish. Tibbiy sir va bemorning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini saqlash. Ish sharoitlari: grafik asosida Manzil / aloqa: Тошкент шахар Янгихаёт тумани 9-қурулиш худуди Мархамат мфй 99-470-90-57

✅ Talablar

Akusher-ginekolog xonasi hamshirasi o‘rta tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi shart. Akusherlik ishi yo'nalishi o'rta tibbiy ma'lumot. 1.2. O‘z faoliyatida amaldagi sog‘liqni saqlash qonunchiligi va muassasa ichki tartib-qoidalariga amal qiladi. 1.3. Bevosita akusher-ginekolog shifokoriga bo‘ysunadi. 1.4. Ish faoliyatida sanitariya-gigiyena va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qiladi.

📎 Manba