Хирург ҳамшираси

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Yangihayot tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 26.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yangihayot tumani 66-sonli oilaviy poliklinika Bo'lim: Тор соха хамширалар Vazifalar: Bemorlarni xirurg shifokor qabuliga tayyorlaydi. Bemorning umumiy holatini kuzatadi. Shifokor ko‘rsatmasiga binoan tana harorati, arterial bosim, puls va boshqa zarur ko‘rsatkichlarni aniqlaydi. Xirurg ko‘rigida shifokorga yordam beradi. Bog‘lov va kichik jarrohlik muolajalari uchun kabinetni tayyorlaydi. Steril asboblar, bog‘lov materiallari va boshqa zarur vositalarni tayyorlaydi. Shifokorga muolajalar vaqtida kerakli asbob va materiallarni beradi. Yarani bog‘lash, choklarni parvarish qilish va shifokor ko‘rsatmasiga binoan boshqa muolajalarni bajaradi. Shifokor ko‘rsatmasi asosida bemorlarga muolajalarni amalga oshiradi. Bemorlarni laboratoriya va instrumental tekshiruvlarga tayyorlashda yordam beradi. Shifokor ko‘rsatmasiga binoan bemorlarni boshqa mutaxassislarga yoki statsionar davolanishga yo‘naltirish jarayonida ishtirok etadi. Tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritadi. Bog‘lov materiallari, dori vositalari va tibbiy buyumlarning sarfini nazorat qiladi. Kabinetda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi rejimga rioya qiladi. Ishlatilgan asboblarni dezinfeksiya va sterilizatsiyaga tayyorlaydi. Tibbiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘adi va utilizatsiyaga topshiradi. Bemorning holati yomonlashganda darhol shifokorga xabar beradi va o‘z vakolati doirasida shoshilinch yordam ko‘rsatadi. Mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi va texnika xavfsizligi talablariga rioya qiladi. Ish sharoitlari: grafik asosida Manzil / aloqa: Тошкент шахар Янгихаёт тумани 9-қурулиш худуди Мархамат мфй 99-470-90-57

✅ Talablar

Tegishli tibbiy o‘rta tibbiy ma’lumotga, jumladan “Hamshiralik ishi” yo‘nalishiga ega bo‘lishi; zamonaviy jarroxlikda hamshiralik yo'nalishi bo'yicha malaka sertifikatiga ega bo'lishi lozim o‘z lavozimi bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; aseptika va antiseptika qoidalarini bilishi; dezinfeksiya va sterilizatsiya qoidalarini bilishi; jarrohlik bemorlarini parvarish qilish asoslarini bilishi; shoshilinch holatlarda birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi; tibbiy hujjatlarni yuritish tartibini bilishi; tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish qoidalarini bilishi kerak. ‘z faoliyatida amaldagi sog‘liqni saqlash qonunchiligi, muassasaning ichki tartib-qoidalari, sanitariya-epidemiologik talablar, bosh shifokor buyruqlari va mazkur lavozim yo‘riqnomasiga amal qiladi. 1.3. Hamshira o‘z vakolati doirasida bemorlarni qabulga tayyorlash, shifokorga yordam berish, tibbiy muolajalarni bajarish va tibbiy hujjatlarni yuritishda ishtirok etadi.

📎 Manba