Nogironligi bo'lgan shaxslar bilan ishlash shu'basi mudiri

Doimiy Ish
📍 Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 26.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Bo'lim: Nishon tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Vazifalar: O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00dan 18:00gacha Manzil / aloqa: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Shodlik MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 21 uy +998554050830

✅ Talablar

Ma’lumoti: O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi). Mutaxassislik: ustuvor ravishda davlat va jamiyat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash (davolash ishi, pediatriya ishi, tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishlari bo‘yicha), iqtisodiyot, ijtimoiy ta’minot, yuridik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlar va mutaxassisliklari. Mehnat staji: Agentlik tizimida kamida 1 yil (rahbarlik lavozimlarida mehnat stajiga egalikka ustuvorlik beriladi). Bilishi lozim: - sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro aloqalarga oid zarur bilim va malakaga ega bo‘lishi; - tibbiy-ijtimoiy ekspertizani o‘tkazish, nogironlikni belgilash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish hamda muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha milliy hamda xorijiy davlatlar tajribasidan xabardor bo‘lishi; - tibbiy-ijtimoiy ekspertizani o‘tkazish, nogironlikni belgilash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish hamda muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlashga oid loyihalarni boshqarish va uni monitoring qilishda ishtirok etishi; - tibbiy-ijtimoiy ekspertizani o‘tkazish, nogironlikni belgilash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish hamda muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni ishlab chiqish hamda meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash; - tibbiy-ijtimoiy ekspertizani o‘tkazish, nogironlikni belgilash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish hamda muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash faoliyatining joylarda ijrosini tashkil qilishi. Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi. Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi. Qo‘shimcha talablar: - davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; - jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomala madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi; - korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi; - soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi; - O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi. Lavozimga qabul qilish mumkin bo‘lmagan nomzodlar: - o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar; - sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; - sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar; - korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar; - og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar; - tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar; - davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar. Tajriba: kamida 1 yil

📎 Manba