Bosh mutaxassis

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Yunusobod tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 26.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi Bo'lim: Respublika budjeti tashkilotlarining ish haqi xarajatlari risklarini o‘rganish bo‘limi Vazifalar: Majburiyatlar: Majburiyatlari: Respublika budjeti tashkilotlarining ish haqi xarajatlari risklarini oʻrganish boʻlimi bosh mutaxassisining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining Qo‘mita faoliyatini tartibga soluvchi farmon va qarorlari, farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan normativ-huquqiy hujjatlar va Qo‘mita tomonidan qabul qilingan sohaga oid boshqa meʼyoriy hujjatlarni bilish va ulardan amalda foydalanish; ijro va maʼlumot uchun kelib tushgan hujjatlar, jumladan, xat, ariza, shikoyatlar va boshqalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish va ularning ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlab, rahbariyatga kiritish; funksional vazifalarning bajarishda ijro va mehnat intizomiga rioya etish; Qo‘mitada oʻtkaziladigan ommaviy-tashkiliy, xodimlar malakasini oshirish tadbirlarida faol ishtirok etish. Respublika byudjeti tashkilotlarining ish haqi xarajatlari risklarini oʻrganish boʻlimi bosh mutaxassisi qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa majburiyatlarni ham bajaradi. Mutaxassisligi: Iqtisod, moliya, bank ishi, buxgalteriya hisobi va audit, soliq Ish sharoitlari: Dushanba -Juma 9:00-18:00 Manzil / aloqa: Yunusobod tumani Niyozbek yo'li 1-uy 998951970737

✅ Talablar

Malaka talablari: Lavozimi: Bosh mutaxassis Ma’lumot: Oliy, kamida bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egaligiga afzallik beriladi). Mutaxassislik: Iqtisod, moliya, bank ishi, buxgalteriya hisobi va audit, soliq, davlat boshqaruvi yoki huquqshunoshlik (yuristkonsult uchun) yoʻnalishlaridan biri bo‘lishi lozim. Chet elda o‘qilgan diplomlar nostrifikatsiyadan (tan olish jarayonidan) o‘tgan bo‘lishi shart. Mehnat tajribasi: Moliya-iqtisod sohasida uzluksiz kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi. Davlat organlari yoki budjet tashkilotlarida ishlaganlik ustunlik beradi. Komyuter savodxonligi: MS Office (Excel, Word, Power Point) dasturlarida erkin ishlay olishi. Elektron xujjat aylanish tizimlari, "DMBAT" yoki boshqa davlat mablag‘larini boshqarish bilan bog‘liq axborot tizimlarini bilish. ("UzASBO" dasturida ishlashni bilishiga afzallik beriladi). Zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lish hamda xarid operatorlari (UzEX, XT-Xarid, Cooperation va Shaffof) axborot tizimlarini bilish. Qo‘shimcha talablar: Oʻzbekiston Respublikasining Budjet Kodeksi, Davlat budjeti g’azna ijrosi tartibi, budjet hisobi va hisoboti, davlat xaridlari tizimi, Davlar maqsadli jamg‘armalari faoliyati, Davlat moliyaviy nazorati asoslari va Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni bilishi. Shaxsiy kompetensiyalar: Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik, ijrochilik intizomi, jamoada ishlash qobiliyati, tashabbuskorlik, rasmiy yozishmalarni yuritish mahorati. Mamalakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyatini bilishi, soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, manfaatlar to‘qnashuviga olib keladiga omillar mavjud bo‘lmasligi. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba