Bo'lim boshlig'i
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yangiyer shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi
Bo'lim: Бошқарув аппарати
Vazifalar:
Oʻz lavozim majburiyatlarini talab darajasida va sifatli bajarish;
Oʻzi va boʻlim xodimlarining faoliyatini samara va natijadorlikka yoʻnaltirish, kasbiy bilim va malakasini oshirish ustida doimiy ishlash;
Vazirlik va tegishliligi bo‘yicha Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbariyatining topshiriqlarini belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish;
Lavozimiga koʻra biriktirilgan barcha yoʻnalishlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini bilish va oʻzlashtirish;
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Boʻlimning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;
Qoʻl ostidagi xodimlariga ish yuzasidan nazariy va amaliy yordam berish;
Boʻlimga murojaat qilgan band boʻlmaganlar, ish beruvchilar va boshqa fuqarolarga xushmuomalalik bilan muloqotda boʻlish, ularning soʻrov va talablarini asossiz rad etishga yoʻl qoʻymaslik;
Korrupsiya koʻrinishlariga qarshilik qilish, ayrim shaxslarning davlat manfaatlariga ziyon yetkazadigan manfaatlarini qoʻllab-quvvatlanishiga imkon bermaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilimlari darajasini oshirib borish choralarini koʻrish;
Xizmat doirasida foydalaniladigan va ish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa cheklangan maʼlumotlarni oshkor qilinishiga yoxud undan gʻarazli va boshqa shaxsiy maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Boʻlim faoliyatiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar, axborotlarni sir saqlash, axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va boʻlimga tegishli boʻlgan maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlash;
Hisobot va axborotlarning belgilangan muddatlarda va sifatli tayyorlanishini, yuqori tashkilotlarga tegishligi boʻyicha berilishini taʼminlash;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, murojaatlarga oʻz vaqtida va sifatli javob berilishini taʼminlash.
Lavozimdan ozod etilgan hollarda ish yurituvida bo‘lgan hujjatlar va foydalanishdagi moddiy boyliklarning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida yangidan tayinlangan xodim yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirish;
Boʻlim boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
✅ Talablar
Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga oliy ma’lumotga ega, iqtisodiyot, moliya, yurisprudensiya, ijtimoiy-iqtisodiy soha bo‘yicha kamida uch yillik boshqaruv va mehnat stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayinlanishi mumkin. Talabgorlarning malaka talablari, bilim va ko‘nikmalari teng bo‘lgan taqdirda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
Tajriba: kamida 3 yil