QA-muhandis (Testirovshchik)
Doimiy Ish📋 Tavsif
ISHONCH
**ISHONCH’da QA-muhandis (Testirovshchik)
**
**ISHONCH **- O‘zbekistondagi elektronika va maishiy texnika bozorida yetakchi kompaniya bo‘lib, respublika bo‘ylab 150 dan ortiq do‘konlarga ega.
Biz** IT departamenti** uchun tajribali** QA-muhandis** izlamoqdamiz. Ushbu lavozim kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan veb va mobil ilovalarning yuqori sifatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar siz sifat nazoratiga mas’uliyat bilan yondashsangiz va zamonaviy IT-loyihalarda ishtirok etishni istasangiz - sizni jamoamizga taklif qilamiz.
**
Biz nimalarni taklif qilamiz:**
Mas’uliyatli va qiziqarli vazifalar - yirik riteyl tarmog‘ining raqamli mahsulotlari sifati uchun javobgarlik
10 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha (suhbat natijasiga ko‘ra)
Birinchi kundan rasmiy ishga qabul
Kasbiy rivojlanish: professional o‘sish, kompaniya hisobidan IT-konferensiya va treninglarda ishtirok etish
KPI asosida bonus va mukofotlar
Ish joyi: Qo‘qon yoki Toshkent shahrida (Agar Toshkent bo'lsa Qo‘qonga xizmat safarlari bo'ladi)
Ish grafigi: 5/2, 09:00 dan 18:00 gacha
**Asosiy vazifalar: **
- Asosiy maqsad - dasturiy mahsulotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularning oldini olish orqali yuqori sifatni ta’minlash.
- Veb va mobil ilovalarni funksional, integratsion va UI testdan o‘tkazish
- Test-keyslar, chek-listlar va test-planlarni ishlab chiqish va yangilab borish
- Xatoliklarni (baglarni) aniqlash va ularni Jira/ClickUp tizimlarida qayd etish
- Biznes-talablarni to‘liqlik va test o’tkazishga mosligi bo‘yicha tahlil qilish
- Dasturchilar, tahlilchilar va dizaynerlar bilan mahsulot sifati bo‘yicha hamkorlik qilish
- Avtomatlashtirilgan testlarni amalga oshirish (tajriba bo‘lsa)
- Relizlar sifatini baholash va natijalar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash
**Talablar:**
Texnik yo‘nalishdagi oliy yoki o‘rta maxsus ta’lim (sirtqi bo‘lim talabalarini ham ko‘rib chiqamiz)
QA sohasida kamida 2 yil tajriba
Amaliy bilim va ko‘nikmalar:
- Test o'tkazish jarayonlari va xatoliklarning hayot davrini (Bug Life Cycle) bilish
- HTTP, REST API, JSON asoslarini tushunish
- DevTools va Postman bilan ishlash ko‘nikmasi
- Klient-server arxitekturasi bo‘yicha bazaviy bilimlar
- Agile/Scrum metodologiyalari bilan tanishlik
- Tillar: O'zbek tili (mukammal) Rus tili (bo'lsa yaxshi), Ingliz tili (Intermediate)
Shaxsiy fazilatlar: mas’uliyatlilik, diqqatli bo‘lish, stressga chidamlilik va jamoada ishlay olish
**ISHONCH jamoasiga** qo‘shiling va bozor yetakchisining raqamli mahsulotlari mukammal bo‘lishiga o‘z hissangizni qo‘shing.
**Rezyumeni Telegram orqali yuboring (vakansiyani ko‘rsatishni unutmang):** @Ishonch_V