Retail IT Support Engineer / POS Engineer

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 6 000 000 - 8 000 000 UZS 👁️ 3 ko'rish 📅 27.08.2026

📋 Tavsif

Magnit Supermarketlar Tarmog‘i #support Retail IT Support Engineer / POS Engineer Kompaniya: Magnit Supermarketlar Tarmog‘i Oylik maosh: 6 000 000 – 8 000 000 so‘m Ish joyi: Toshkent Vazifalar: • Frontol POS tizimlarini qo‘llab-quvvatlash va sozlash. • Kassa terminallari, chek printerlari, pin-padlar, barcode skanerlar va elektron tarozilar bilan ishlash. • Savdo nuqtalaridan keladigan texnik murojaatlarni qabul qilish va bartaraf etish. • POS uskunalarining apparat va dasturiy nosozliklarini diagnostika qilish. • Yangi uskunalarni o‘rnatish, sozlash va ishga tushirish. • POS tizimlarining ERP va boshqa ichki tizimlar bilan integratsiyasini tekshirish. • LAN/WiFi tarmoqlari bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va hal qilish. • Savdo nuqtalariga xizmat ko‘rsatish va zarur hollarda xizmat safarlariga chiqish. • Uskunalar hisobi va texnik hujjatlarni yuritish. • Savdo nuqtalarida uskunalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash. Talablar: • POS yoki Retail IT Support yo‘nalishida kamida 1 yil tajriba. • Frontol POS yoki boshqa kassirlik tizimlari bilan ishlash tajribasi. • Kassa apparatlari, chek printerlari, pin-padlar va elektron tarozilarni tushunish. • Windows operatsion tizimi va lokal tarmoqlar bo‘yicha bilimlar. • Texnik muammolarni mustaqil diagnostika qilish va hal qilish ko‘nikmasi. • Service Desk tizimlari bilan ishlash tajribasi. • Mas’uliyatlilik, intizom va jamoada ishlash qobiliyati. Afzallik sifatida: • Supermarket yoki retail tarmoqlarida ishlagan bo‘lish. • Frontol administratsiyasi bo‘yicha tajriba. • SQL yoki 1C bilan ishlash tajribasi. Biz taklif qilamiz: • Barqaror va o‘sib borayotgan kompaniyada ishlash. • Rasmiy ishga joylashish. • Kasbiy rivojlanish va yangi ko‘nikmalarni o‘rganish imkoniyati. • Do‘stona jamoa va qulay ish muhiti. • O‘z vaqtida to‘lanadigan maosh. Murojat uchun : @askarov_magnit shu telegram accountga cv ni yuboring.

📎 Manba