Kunduzgi bo`lim boshlig`i
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati filiali
Bo'lim: Kunduzgi stasionar bo`limi
Vazifalar:
Kunduzgi bo‘lim faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish. Bemorlarni qabul qilish, davolash va kuzatish jarayonlarini nazorat qilish. Davolash-diagnostika ishlarining sifati va samaradorligini ta’minlash. Shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirishni nazorat qilish. Tibbiy sir va xizmat sirini saqlash. Malakasini muntazam oshirib borish hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish. Bo‘lim faoliyati bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.
Ish sharoitlari:
dushanbadan-jumagacha 08 00 dan 15 12 gacha
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi. Psixiatriya mutaxassisligi bo`yicha tayyorgarlikdan o`tgan bo`lishi, amaldagi mutaxassislik sertifikatiga ega bo‘lishi. Rahbarlik va tashkiliy ishlarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Sog‘liqni saqlash sohasidagi amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlarini bilishi shart. Tibbiy yordamni tashkil etish, tibbiy hujjatlarni yuritish bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi kerak.