Senior Kotlin Backend Dasturchi (Spring Boot)
Doimiy Ish📋 Tavsif
ARYFMA
#backend
Senior Kotlin Backend Dasturchi (Spring Boot)
Kompaniya: ARYFMA — biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun zamonaviy dasturiy yechimlar ishlab chiquvchi kompaniya.
📍Ish joyi: Xorazm viloyati, Urganch shahri, O‘zbekiston ovozi ko‘chasi, 29V-uy.
Mo‘ljal: Xorazm viloyati Hududgaz ro‘parasi.
Yosh chegarasi: 20+
Ish turi: To‘liq stavka
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha, dushanba–shanba.
Vazifalari:
• Kotlin va Spring Boot asosida backend servislar ishlab chiqish va rivojlantirish;
• REST API va WebSocket servislarini yaratish hamda qo‘llab-quvvatlash;
• PostgreSQL va boshqa ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
• Mikroservis arxitekturasi va uchinchi tomon tizimlari bilan integratsiyalarni amalga oshirish;
• Yuqori yuklama ostida ishlovchi backend tizimlarini optimallashtirish;
• Toza, tushunarli va qo‘llab-quvvatlashga qulay kod yozish;
• Git, CI/CD va GitHub Actions yordamida jamoaviy ishlash;
• Docker va Kubernetes muhitida servislarni ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash;
• AI vositalaridan (Claude, Codex va boshqalar) samarali foydalanib ishlab chiqish jarayonini optimallashtirish.
Biz kutayotgan nomzod:
• Kamida 3 yillik Kotlin Backend dasturlash tajribasi;
• Kotlin va Spring Boot bo‘yicha mustahkam bilim;
• REST API, JWT, OAuth2 va autentifikatsiya mexanizmlari bilan ishlash tajribasi;
• PostgreSQL yoki boshqa SQL ma’lumotlar bazalari bilan ishlash tajribasi;
• Coroutines va Flow bo‘yicha bilim;
• Katta kod bazasida ishlash tajribasi;
• Git bilan ishlash tajribasi;
• AI vositalari (Claude, Codex va boshqalar) bilan samarali ishlay olish;
• Jamoada ochiq va erkin muloqot qila olish;
• Ofisdan (onsite) ishlashga tayyor bo‘lish.
⭐️ Quyidagi texnologiyalarni bilish ustunlik beradi:
• Kotlin
• Spring Boot
• Spring Security
• Spring Data JPA
• Ktor
• PostgreSQL
• Flyway
• Redis
• Kafka yoki RabbitMQ
• Coroutines & Flow
• Koin yoki Spring Dependency Injection
• Kotlin Serialization
• REST API / WebSocket
• Docker
• Kubernetes
• Git, CI/CD, GitHub Actions
Biz taklif qilamiz:
• Tajribaga qarab 500–1600 AQSH dollari miqdorida ish haqi;
• Murakkab va qiziqarli loyihalarda ishlash imkoniyati;
• Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash;
• Ahil va professional jamoa;
• Kasbiy rivojlanish va karyera o‘sishi imkoniyati.
📩 Murojaat uchun:
Telegram: @AryfmaHR
📞 Aloqa: +998 94 800 56 52
Murojaat vaqti: 09:00–18:00
Mas’ul: Sogdiana