Middle DevOps Engineer
Doimiy Ish📋 Tavsif
Webase
Middle DevOps Engineer
Webase IT kompaniyasi infratuzilmani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun DevOps Engineer qidirmoqda.
Talablar:
- 1,5–3 yil ish tajribasi
- Linux bo'yicha ishonchli bilim
- Docker va Kubernetes bilan ishlash tajribasi
- CI/CD: GitLab CI, GitHub Actions, Jenkins va boshqalar
- TCP/IP, DNS, HTTP/HTTPS tarmoq protokollarini tushunish
- Nginx va load balancerlar bilan ishlash
- Prometheus, Grafana, ELK, Loki kabi monitoring va logging tizimlari
- AWS, Azure yoki GCP tajribasi — ustunlik
- Terraform va/yoki Ansible — ustunlik
- Rivojlanishga va murakkab infratuzilma vazifalarini hal qilishga qiziqish
- Stressga chidamlilik va tashabbuskorlik
- Rus va o'zbek tillarini yaxshi bilish; ingliz tili — ustunlik
Vazifalar:
- Multi-cluster Kubernetes infratuzilmasini boshqarish va qo'llab-quvvatlash
- HashiCorp Vault orqali secretlarni boshqarish va rotatsiya qilish
- Linux serverlarini administratsiya qilish
- CI/CD pipeline'larini yaratish va qo'llab-quvvatlash
- Ansible playbook/role'larini yozish va qo'llab-quvvatlash
- Monitoring va alerting tizimlarini sozlash
- Terraform orqali Infrastructure as Code bilan ishlash
- Nginx reverse proxy va SSL sertifikatlarini boshqarish
- On-call navbatchilik va incidentlarga javob berish
- Backup va disaster recovery jarayonlarini sozlash
- CI/CD konfiguratsiyalari va Helm chartlarini code review qilish
- Infratuzilma jarayonlari va runbooklarni hujjatlashtirish
- Junior muhandislarga mentorlik qilish
Qo'shimcha ustunlik:
- High-load tizimlar bilan ishlash tajribasi
- Infratuzilma xavfsizligi tamoyillarini tushunish
- Kubernetes clusterlarini administratsiya qilish tajribasi
Biz taklif qilamiz:
- Raqobatbardosh maosh
- Qiziqarli va yirik loyihalarda ishlash
- Professional rivojlanish imkoniyati
- Kuchli jamoa va qulay ish muhiti
- Rivojlangan korporativ madaniyat
Murojaat uchun:
@webase_vacancy_bot
@unilance - eng yaxshisi siz uchun