Оила ҳамшираси

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Sirg‘ali tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 29.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikasi Bo'lim: Умумий амалиёт хамширалари Vazifalar: 4. PATRONAJ HAMSHIRASINING JAVOBGARLIGI Patronaj hamshirasi: 4.1. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi. 4.2. Tibbiy hujjatlarni noto‘g‘ri yoki o‘z vaqtida yuritmaganligi uchun javob beradi. 4.3. Bemorlarning shaxsiy va tibbiy ma’lumotlari maxfiyligini saqlaydi. 4.4. Sanitariya, aseptika, antiseptika va infeksion xavfsizlik talablariga rioya qilmaganligi uchun javob beradi. 4.5. Tibbiy asbob-uskunalardan noto‘g‘ri foydalanganligi uchun javobgar bo‘ladi. 4.6. Bemorning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi holat haqida shifokorga o‘z vaqtida xabar bermaganligi uchun javob beradi. 4.7. Ichki mehnat tartibi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi. 5. PATRONAJ HAMSHIRASI BILISHI LOZIM 5.1. Hamshiralik ishi asoslarini. 5.2. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish tartibini. 5.3. Patronaj xizmatining asosiy vazifalarini. 5.4. Homilador ayollar, tug‘ruqdan keyingi ayollar, chaqaloqlar va bolalarga patronaj xizmatini ko‘rsatish asoslarini. 5.5. Profilaktik tibbiyot va skrining tadbirlarining asoslarini. 5.6. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini. 5.7. Sanitariya-gigiyena, aseptika va antiseptika qoidalarini. 5.8. Tibbiy etika va deontologiya qoidalarini. 5.9. Tibbiy hujjatlarni yuritish tartibini. 5.10. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish usullarini. 6. ISH FAOLIYATINI TASHKIL ETISH 6.1. Patronaj hamshirasi o‘z ishini tasdiqlangan ish jadvali va patronaj rejasiga muvofiq tashkil etadi. 6.2. Uyga tashrif davomida bemor va oila a’zolari bilan xushmuomalalik va tibbiy etika qoidalariga rioya qilgan holda muloqot qiladi. 6.3. Tashrif davomida aniqlangan tibbiy muammolar haqida mas’ul shifokorga o‘z vaqtida ma’lumot beradi. 6.4. Amalga oshirilgan patronaj tashriflari va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hujjatlarni belgilangan tartibda yuritadi. 6.5. Ish faoliyati natijalari muassasada belgilangan mezonlar asosida baholanadi. Ish sharoitlari: grafik asosida Manzil / aloqa: Сергели тумани Шокирарик кучаси-18 998712516404

✅ Talablar

1.1. Patronaj hamshirasi o‘rta tibbiyot xodimi hisoblanadi. 1.2. Patronaj hamshirasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va me’yoriy hujjatlari, muassasaning ichki tartib-qoidalari hamda mazkur lavozim yo‘riqnomasiga amal qiladi. 1.3. Patronaj hamshirasi bevosita oilaviy shifokor, bo‘lim mudiri yoki katta hamshiraga bo‘ysunadi. 1.4. Patronaj hamshirasining asosiy vazifasi aholiga, ayniqsa homilador ayollar, tug‘ruqdan keyingi ayollar, chaqaloqlar, bolalar, keksalar va xavf guruhidagi fuqarolarga patronaj xizmatini ko‘rsatishdan iborat. 1.5. Patronaj hamshirasi o‘z vakolati doirasida profilaktik, sanitariya-ma’rifiy va tibbiy tadbirlarni amalga oshiradi. 2. LAVOZIM VAZIFALARI Patronaj hamshirasi: 2.1. Biriktirilgan hududdagi xonadonlar va aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritadi. 2.2. Belgilangan tartibda aholi xonadonlariga patronaj tashriflarini amalga oshiradi. 2.3. Homilador ayollarni kuzatadi va homiladorlik davrida xavf belgilarini aniqlaydi. 2.4. Tug‘ruqdan keyingi ayollar va chaqaloqlarning holatini nazorat qiladi. 2.5. Chaqaloq va bolalarning o‘sishi va rivojlanishini kuzatishda ishtirok etadi. 2.6. Ota-onalarga bola parvarishi, emizish, ovqatlantirish, gigiyena va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish beradi. 2.7. Bolalarni profilaktik ko‘riklar va emlashlarga jalb etishda ishtirok etadi. 2.8. Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi. 2.9. To‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena, jismoniy faollik va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha sanitariya-ma’rifiy ishlarni olib boradi. 2.10. Xavf guruhiga kiruvchi fuqarolarni aniqlaydi va tegishli tibbiy ko‘rikka yo‘naltiradi. 2.11. Qon bosimi, tana harorati, puls va boshqa zarur ko‘rsatkichlarni o‘z vakolati doirasida tekshiradi. 2.12. Surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni kuzatishda ishtirok etadi. 2.13. Uy sharoitida parvarishga muhtoj bemorlarni aniqlaydi va ular haqida shifokorga ma’lumot beradi. 2.14. Shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq bemorlarni uy sharoitida parvarishlash va reabilitatsiya tadbirlarida ishtirok etadi. 2.15. Bemorlar va ularning oila a’zolariga tibbiy-gigiyenik ko‘nikmalarni o‘rgatadi. 2.16. Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi. 2.17. Zarur hollarda bemorni shifokor ko‘rigiga yoki tegishli tibbiy tekshiruvlarga yo‘naltiradi. 2.18. Bemorning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi holatlarni aniqlaganda zudlik bilan shifokorga xabar beradi va belgilangan tartibda tez tibbiy yordam chaqirilishini ta’minlaydi. 2.19. Tibbiy hujjatlarni o‘z vaqtida va belgilangan tartibda yuritadi. 2.20. Elektron tibbiy axborot tizimlariga zarur ma’lumotlarni kiritadi. 2.21. Aseptika, antiseptika va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiladi. 2.22. Tibbiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va saqlash talablariga amal qiladi. 3. PATRONAJ HAMSHIRASINING HUQUQLARI Patronaj hamshirasi quyidagi huquqlarga ega: 3.1. O‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish. 3.2. Bemorning sog‘lig‘i bilan bog‘liq aniqlangan muammolar haqida shifokorga taklif va axborotlar kiritish. 3.3. O‘z vakolati doirasida tibbiy-profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. 3.4. Mehnat xavfsizligi talablariga javob beradigan sharoitda ishlash. 3.5. Malakasini oshirish va kasbiy bilimlarini takomillashtirish. 3.6. Ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan tibbiy jihozlar, dori vositalari va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishni talab qilish.

📎 Manba