Умумий амалиёт ҳамшираси
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yakkasaroy tumani 60-oilaviy poliklinika
Bo'lim: Умумий амалиёт бўлими
Vazifalar:
10. Umumiy amaliyot hamshirasi o‘z vakolati doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
oila shifokori va tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari bilan birgalikda tibbiyot brigadasining ustuvor vazifalar bo‘yicha yillik rejasini tuzish va har bir xodimning vazifalarini belgilash;
biriktirilgan aholining profilaktik ko‘riklar, skrining dasturlari, dispanser nazorati va patronaj xizmatini tashkillashtirish maqsadida tarmoq rejasini tuzish, ushbu reja asosida oila hamshiralari va doyaning oylik, xaftalik, kunlik rejalarini belgilash, ijrosni nazorat qilib borish;
shifokor oldik ko‘rik xonasi faoliyatini tashkillashtirish, bunda xonada tegishli tibbiy asbob-uskuna, jihozlar, klinik protokol va qo‘llanmalarning, tegishli savolnoma. blanka, tarqatma materiallarning yetarli miqdorda bo‘lishi nazoratini amalga oshirish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash;
Ish sharoitlari:
grafik asosida
✅ Talablar
1. Tibbiyot brigadasining umumiy amaliyot hamshirasi - oliy hamshiralik ma’lumotiga yoki «hamshira», «umumiy amaliyot hamshirasi», «feldsher», «doya» kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki «umumiy amaliyot hamshirasi» dasturi bo‘yicha diplomdan keyingi ixtisosligini muvaffaqiyatli o‘tgan diplomli mutaxassisdir.