Операция тиббиёт ҳамшираси

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Chilonzor tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 30.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Bo'lim: Катталар операцион блоки Vazifalar: • Operasiya xonasini aseptika qoidalari bo’yicha ishga shay holatga keltirish. • Jarrohlik asboblari, chok materiallari va choyshablarni sterilligini ta’minlash. • Amaliyot uchun zarur bo’lgan barcha jihozlarni maxsus ketma-ketlikda stolga terib chiqish. • Shifokorlarga steril xalat va qo’lqoplarni kiyishda yordam berish. • Operasiya stolikdagi bemorning holatini va tana a’zosi to’g’ri joylashtirilganini tekshirish. • Jarrohning harakatlarini oldindan sezib, asbob va materiallarni tez va aniq uzatish. • Operasiya davomida begona shaxslar yoki xato harakatlar tufayli sterillik buzilmasligini kuzatish. • Jarroh tomonidan kesib olingan to’qimalarni (biopsiya uchun) maxsus idishlarga to’g’ri rasmiylashtirish. • Operasiya jarohati yopilishidan oldin ishlatilgan barcha salfetka, igna va asboblarni boshqatdan sanab chiqish. • Operasiya tugagach, teriga aseptik bog’lam qo’yishda ishtirok etish. • Ishlatilgan asboblarni qon va boshqa suyuqliklardan tozalash, dezinfeksiyalovchi eritmalarga solish. • Sterilizasiya va amaliyot jurnaliga tegishli qaydlarni yozish. • Tibbiy chiqindilarni xavfsizlik qoidalari asosida saralash va yo’qotishga tayyorlash. Ish sharoitlari: ish grafigi Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй 781504600

✅ Talablar

Tibbiyot kolleji yoki oliy ma’lumotga ega bo’lishi; • Amaldagi hamshiralik sertifikati mavjud bo’lishi; • Operasion blokda ish tajribasiga ega bo’lishi maqsadga muvofiq; • Aseptika va antiseptika qoidalarini yaxshi bilishi; • Jarrohlik asboblari va jihozlari bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi; • Navbatchilik asosida ishlashga tayyor bo’lishi; • Mas’uliyatli, chaqqon va jamoa bilan ishlay olishi; • Bemorlarga xushmuomala va etik munosabatda bo’lishi; • Kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.

📎 Manba