Хисобчи

Doimiy Ish
📍 Toshkent viloyati, Nurafshon shahri 💰 2 000 000 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 01.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi Bo'lim: Ma`muriy boshqaruv hodim Vazifalar: Boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosarining topshiriqlariga muvofiq tahliliy va umumlashtiruvchi materiallarni tayyorlaydi, qo‘yilgan vazifalarni yanada samarali amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini ta’minlaydi; bo‘limga kelgan hujjat, xat, ariza, shikoyatlarni ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbir belgilash, xulosa, ma’lumot, axborot va boshqalar tayyorlaydi (vakolati doirasida); Agentlik xududiy boshqarmasi hamda mahalliy bo‘limlari xodimlarini ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini har oyda ikki marta hisoblaydi va to‘lanishini ta’minlaydi; xizmat safarlari hisobini yuritadi va mablag‘larni to‘g‘ri sarflanganligini nazorat qiladi; moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritadi va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qiladi; buxgalteriyada yuritiladigan hisob registrlarini to‘ldiradi va to‘g‘ri yuritilishini nazorat qiladi buhgalteriyaga oid barcha malumotlarga ega soha mutahassisi Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha Manzil / aloqa: Тошкент вилояти, Нурафшон шаҳри, Тошкент йўли кўчаси 60 уй 977651886

✅ Talablar

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy moliyaviy-iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish, tugallanmagan oliy “UzASBO” – budjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi, 1 S buxgalteriya dasturi, Excel va Windows dasturlari bo‘yicha mukammal bilim va uni qo‘llash ko‘nikmasiga; kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga; davlat tilini mukammal darajada bilishi (Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi); Ijobiy xulq-atvorga ega; davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda ishdan bo‘shatilmagan bo‘lishi; Ish vaqtidan samarali foydalana olishi va tadbirlarni rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan; axborot texnologiyalari, dasturlari bo‘yicha yetarli bilim va uni qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Tajriba: kamida 2 yil

📎 Manba