Shifokor terapevt
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati filiali
Bo'lim: Umumshifoxona xodimlari
Vazifalar:
Bemorlarni qabul qilish, ko‘rikdan o‘tkazish va tashxis qo‘yish. Zarur laborator va instrumental tekshiruvlarni tayinlash hamda ularning natijalarini tahlil qilish. Davolash rejasini tuzish va amalga oshirish. Surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni dispanser nazoratiga olish va kuzatib borish. Kasalliklarning oldini olish sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va profilaktik tadbirlarni o‘tkazish.
Ish sharoitlari:
dushanbadan- jumagacha ish vaqti 8-00 dan 11-36
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi. Terapiya mutaxassisligi bo`yicha internatura, magistratura yoki ordinaturani tamomlagan (amaldagi talablarga muvofiq) bo‘lishi lozim. Amaldagi tartibga ko‘ra mutaxasislik bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi. Klinik diagnostika va davolash standartlarini bilish va amalda qo‘llay olish. Tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri yurita olish va axborot texnologiyalaridan foydalana olish. Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qilish.