boshqаrmа boshlig‘i
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Bo'lim: Hududlarda sanoat transformatsiyasi, hududlararo bog‘liqlikni tahlil qilish boshqarmasi
Vazifalar:
1. Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning ishini
va faoliyat rejalarini tashkil etish hamda boshqarmaga yuklatilgan vazifa
va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash va nazorat qilish;
2. Boshqarma faoliyatiga doir masalalarni, shuningdek Iqtisodiyot
va moliya vazirligi rahbariyati tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda muhokama hamda tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
3. Sohaga oid qonun va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tahlil qilish, iqtisodiy samaradorligi jihatdan baholash va Vazirlik rahbariyatiga asosli xulosalar hamda takliflar taqdim etish;
4. Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning prognoz koʻrsatkichlarini shakllantirish, ularning bajarilishini monitoring qilish va baholash;
5. Sanoat zonalari va boshqa ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish, kengaytirish hamda mavjudlaridan samarali foydalanish boʻyicha tahlillar tayyorlash va takliflar ishlab chiqish;
6. Boshqarma xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, ijro intizomini (Ijro.gov.uz va edo.ijro.uz) taʼminlash, hududiy boshqarmalar va korxonalar faoliyatini oʻrganish, monitoring qilish va ularga amaliy yordam koʻrsatilishini muvofiqlashtirish;
7. Rahbariyat ruxsati hamda Vazirlik nomidan xorijiy davlatlar, xalqaro
va xorijiy tashkilotlar vakillari bilan muzokaralarda, soha faoliyatiga oid konferensiya, seminar va anjumanlarda ishtirok etish;
8. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй
+998712035050
✅ Talablar
1. Iqtisod va moliya (shuningdek, yo‘nalish doirasidagi) mutaxassisliklar boʻyicha tugallangan oliy maʼlumotga ega boʻlishi (magistratura darajasiga ega boʻlgan nomzodlarga afzallik beriladi);
2. Iqtisodiy va moliyaviy sohalarda kamida 4 (to‘rt) yillik ish stajiga, shuningdek respublika darajasidagi davlat boshqaruv organlarida 3 (uch) yillik ish stajiga ega hamda vazirlik va idoralarda 1 (bir) yilik rahbarlik lavozimida ishlagan boʻlishi;
3. Hududiy sanoat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va tahlil qilish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning prognoz koʻrsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha bilim, tajriba va malakaviy amaliyotga ega bo‘lishi;
4. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib borishi, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunishi;
5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik
va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish va boshqaruvchanlik qobiliyatlariga ega boʻlish;
6. Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office, Microsoft Excel, Microsoft Power Point) mukammal darajada ishlay olishi;
7. Oʻzbek tilini mukammal bilishi (chet tilini yaxshi darajada bilgan nomzodlarga afzallik beriladi);
8. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin.
Tajriba: kamida 4 yil