bo‘lim boshlig‘i
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Bo'lim: Sanoat siyosatini ishlab chiqish va kelajak texnologiyalarini joriy etish bo‘limi
Vazifalar:
1. Bo‘lim faoliyatini boshqarish hamda Bo‘lim faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarni amalga oshirilishini tashkillashtirish, Bo‘lim xodimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarilishini nazorat qilish.
2. Sanoat tarmoqlarining rivojlanish holati, tarkibiy o‘zgarishlari, raqobatbardoshligi, unumdorligi, texnologik darajasi va resurslardan foydalanish samaradorligini tizimli tahlil qilish.
3. Milliy sanoatning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishni, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirish strategiyalarini (modellarini) ishlab chiqish.
4. Respublikada yagona sanoat siyosatini shakllantirish va uni izchil amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
5. Sanoatni rivojlantirish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari natijalarini umumlashtirish va sanoat tarmoqlarini yanada rivojlantirish boʻyicha vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda takliflarni tayyorlash.
6. Sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshli turlarini ta’minlaydigan sanoat siyosatni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari va yo‘llarini tizimli tahlil qilish.
7. Respublika milliy sanoati va uning tarmoqlarni rivojlantirish va isloh qilish bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar va tegishli hujjatlar bajarilishini monitoring qilish.
8. Ichki va tashqi bozorlarda zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlarning keng turlarini ishlab chiqarish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish asosida sanoatni rivojlantirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
9. Faoliyatiga tegishli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
10. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй
+998712035050
✅ Talablar
1. Iqtisod va moliya (shuningdek, yo‘nalish doirasidagi) mutaxassisliklar boʻyicha tugallangan oliy maʼlumotga ega boʻlishi (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi);
2. Iqtisodiy va moliyaviy sohalarda kamida 3 (uch) yillik ish stajiga, shuningdek respublika darajasidagi davlat boshqaruv organlarida 2 (ikki) yillik ish stajiga ega boʻlishi;
3. Sanoat siyosatini yuritish, uzoq muddatli strategiyalar, konsepsiyalar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish ko‘nikmasiga, shuningdek, raqobatdosh sanoat tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va tahlil qilish bo‘yicha bilim, tajriba va malakaviy amaliyotga ega bo‘lishi;
4. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib borishi, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunishi;
5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish va boshqaruvchanlik qobiliyatlariga ega boʼlish;
6. Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office, Microsoft Excel, Microsoft Power Point) mukammal darajada ishlay olishi;
7. Oʻzbek tilini mukammal bilishi (chet tilini yaxshi darajada bilgan nomzodlarga afzallik beriladi).
8. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin.
Tajriba: kamida 3 yil