boshqаrmа boshlig‘i
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Bo'lim: Sanoat siyosati, prognozlash va kelajak texnologiyalarini joriy etish va tahlil qilish boshqarmasi
Vazifalar:
1. Boshqarma faoliyatini boshqarish hamda Boshqarma faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarni amalga oshirilishini tashkillashtirish, Boshqarma xodimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarilishini nazorat qilish;
2. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishni, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish;
3. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish prognozini ishlab chiqish va ijrosi bajarilishini monitoring qilish;
4. Sanoat zonalarini rivojlantirish, ularga muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
5. Sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshli turlarini ta’minlaydigan sanoat siyosatni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari va yo‘llarini tizimli tahlil qilish;
6. Ichki va tashqi bozorlarda zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlarning keng turlarini ishlab chiqarish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish asosida sanoatni rivojlantirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
7. Asosiy mahsulot turlari kesimida prognozlar ishlab chiqilishini oʻz vaqtida taʼminlashni tartibga solish boʻyicha tegishli takliflar va jadvallar loyihalari ishlab chiqadi va umumlashtirish;
8. Faoliyatiga tegishli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
9. Boshqarma faoliyatiga doir masalalarning tezkor yigʻilishlarda muhokama qilinishida hamda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishida ishtirok etish;
10. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй
+998712035050
✅ Talablar
1. Iqtisod va moliya (shuningdek, yo‘nalish doirasidagi) mutaxassisliklar boʻyicha tugallangan oliy maʼlumotga ega boʻlishi (magistratura darajasiga ega boʻlgan nomzodlarga afzallik beriladi);
2. Iqtisodiy va moliyaviy sohalarda kamida 4 (to‘rt) yillik ish stajiga, shuningdek respublika darajasidagi davlat boshqaruv organlarida 3 (uch) yillik ish stajiga ega hamda vazirlik va idoralarda 1 (bir) yilik rahbarlik lavozimida ishlagan boʻlishi;
3. Sanoat siyosatini yuritish, sanoat tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va tahlil qilish bo‘yicha bilim, tajriba va malakaviy amaliyotga ega bo‘lishi;
4. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib borishi, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunishi;
5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional va boshqaruvchanlik qobiliyatlariga ega boʻlish;
6. Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office, Microsoft Excel, Microsoft Power Point) mukammal darajada ishlay olishi;
7. Oʻzbek tilini mukammal bilishi (chet tilini yaxshi darajada bilgan nomzodlarga afzallik beriladi);
8. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin.
Tajriba: kamida 4 yil