boshqаrmа boshlig‘i

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Yunusobod tumani 💰 6 186 211 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 02.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Bo'lim: Raqobatdosh va yuqori qo‘shilgan qiymatli ommaviy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi Vazifalar: 1. Boshqarma faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlar amalga oshirilishida ishtirok etish, oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish; 2. Tarmoq korxonalarining imkoniyatidan kelib chiqib, sanoatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 3. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi (oylik bajarilmaslik sabablari tahlili) ni ishlab chiqish va ijrosi bajarilishini monitoring qilish; 4. Sanoat zonalarini rivojlantirish, ularga muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; 5. Hududlarda sanoat nuqtalarini aniqlagan holda jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; 6. Import va mahalliylashtirish tahlilini o‘rganib borish va tegishli xulosalar tayyorlash; 7. Asosiy mahsulot turlari kesimida prognozlar ishlab chiqilishini oʻz vaqtida taʼminlashni tartibga solish boʻyicha tegishli takliflar va jadvallar loyihalari ishlab chiqadi va umumlashtirish; 8. Faoliyatiga tegishli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish; 9. Boshqarma faoliyatiga doir masalalarning tezkor yigʻilishlarda muhokama qilinishida hamda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishida ishtirok etish; 10. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй +998712035050

✅ Talablar

1. Iqtisod va moliya (shuningdek, yo‘nalish doirasidagi) mutaxassisliklar boʻyicha tugallangan oliy maʼlumotga ega boʻlishi (magistratura darajasiga ega boʻlgan nomzodlarga afzallik beriladi); 2. Iqtisodiy va moliyaviy sohalarda kamida 4 (to‘rt) yillik ish stajiga, shuningdek respublika darajasidagi davlat boshqaruv organlarida 3 (uch) yillik ish stajiga ega hamda vazirlik va idoralarda 1 (bir) yilik rahbarlik lavozimida ishlagan boʻlishi; 3. Sanoat siyosatini yuritish, ommaviy sanoat tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va tahlil qilish bo‘yicha bilim, tajriba va malakaviy amaliyotga ega bo‘lishi; 4. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib borishi, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunishi; 5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega boʻlish; 6. Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office, Microsoft Excel, Microsoft Power Point) mukammal darajada ishlay olishi; 7. Oʻzbek tilini mukammal bilishi (chet tilini yaxshi darajada bilgan nomzodlarga afzallik beriladi); 8. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin. Tajriba: kamida 4 yil

📎 Manba