Рентген-лаборант

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Chilonzor tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 02.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Bo'lim: компютер томографияси ва МРТ булими Vazifalar: KT (MSKT) va MRT apparatlarida tibbiy tekshiruvlarni mustaqil va sifatli o’tkazish. Bemorlarni tekshiruvga tayyorlash, ularni apparat stolga to’g’ri yotqizish (ukladka) va jarayonni tushuntirish. Skanlash protokollarini to’g’ri tanlash va tasvirlar sifatini nazorat qilish. Shifokor-rentgenolog nazorati ostida avtomatik injektor orqali kontrast modda yuborish jarayonida qatnashish. Olingan tasvirlarni PACS tizimiga yuborish, diskka yozish yoki plyonkaga chop etish. KTda radiasiya xavfsizligi, MRTda esa kuchli magnit maydoni xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish. Tekshiruv xonasida sanitariya-gigiyena va aseptika qoidalarini ta’minlash (har bir bemordan keyin apparatni zararsizlantirish). Tibbiy hujjatlarni (jurnallar va elektron bazani) o’z vaqtida va to’g’ri yuritish. Ish sharoitlari: ish grafigi Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй 781504600

✅ Talablar

shifokor-rentgenolog nazorati ostida apparatlarni boshqarish, bemorlarni tekshiruvga tayyorlash va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda sifatli tomografik tasvirlarni olishdir. • Nur tashxisi (Rentgenologiya, Kompyuter tomografiyasi, Magnit-rezonans tomografiyasi) yo’nalishi bo’yicha maxsus birlamchi qayta tayyorlov kursini tugatganlik haqidagi amaldagi sertifikat. • Rentgen, KT va MRT skanerlarining texnik tuzilishi, dasturiy ta’minoti va ularni xavfsiz ishlatish qoidalarini mukammal bilish. • Tekshiriladigan a’zoning aniq tasvirini olish uchun bemorni apparatga to’g’ri joylashtira olish. • KT va MRTda qo’llaniladigan kontrast vositalarini injektor orqali yuborish tizimini tushunish. • Raqamli tasvirlar sifatini baholash uchun odamning topografik anatomiyasidan xabardor bo’lish.

📎 Manba