B2B Marketing bo‘limiga stajyor

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 03.09.2026

📋 Tavsif


Uzum E-com kompaniyasi B2B Marketing bo‘limiga stajirovka uchun qabul e’lon qiladi.


Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Hard Skills:

  • - Microsoft Office (PowerPoint va Excel) dasturlarini ishonchli darajada bilish;

  • - Google Docs va Google Sheets bilan ishlash tajribasi;

  • - Rivojlangan analitik fikrlash qobiliyati.

Soft Skills:

  • - Yaxshi ommaviy nutq so‘zlash ko‘nikmalari;

  • - Punktuallik va mas’uliyatlilik;

  • - Ma’lumotni aniq va tizimli yetkazib bera olish;

  • - O‘zbek va rus tillarini yuqori darajada bilish;

  • - O‘qituvchilik tajribasi ustunlik beradi.

Vazifalar:

  • - Sellerlarning joriy reklama kampaniyalarini tahlil qilish;

  • - Reklama kampaniyalarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;

  • - Sellerlarni ichki promo instrumentlar (Savdo voronkasi, Hodisalar tahlili, BUST TOP, Media-promo) bo‘yicha o‘qitish;

  • - Sellerlar guruhlariga treninglar o‘tkazish;

  • - Sellerlarga 30 kun davomida tovarlarini ilgari surishda ko‘maklashish.

Biz taklif qilamiz:

  • - Haftasiga kamida 20 soatlik bandlik bilan rasmiy ishga qabul qilish;

  • - Moslashuvchan ish jadvali (rahbar bilan kelishilgan holda);

  • - Raqobatbardosh ish haqi;

  • - Professional rivojlanishga xizmat qiladigan qiziqarli va kreativ vazifalar;

  • - Ish natijasining shaharda, hamkorlar va mijozlar uchun ilovada ko‘rinishi;

  • - B2B marketing sohasida sezilarli o‘sishga yordam beradigan tajribali mentor.

Bu — qiziqarli kundalik loyihalarni hal qilish orqali professional ko‘nikmalarni rivojlantirish va O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalaridan birida karyerani boshlash uchun noyob imkoniyat.

Stajirovkaga ariza topshirish uchun formani to‘ldiring — siz bilan bog‘lanamiz.

Sizni suhbatda kutib qolamiz,
HR jamoasi, Uzum E-com




✅ Talablar

Yo'nalish: Marketing va kommunikatsiyalar Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: Tajribasiz Stajirovka (amaliyot)