Умумий амалиёт ҳамшираси

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Chilonzor tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 03.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Bo'lim: Болалар соматик реанимация бўлими Vazifalar: • Intensiv palatadagi og’ir somatik kasalliklarga chalingan bolalarning umumiy ahvolini, hayotiy muhim ko’rsatkichlarini (puls, AD, nafas olish chastotasi, tana harorati, saturasiya) tibbiy monitorlar orqali uzluksiz kuzatib borish va ko’rsatkichlarni kundalik daftarga (yoki elektron tizimga) qayd etish. • Shifokor-reanimatolog tomonidan tayinlangan davolash muolajalarini (inyeksiyalar, infuzion terapiya, dori vositalarini yuborish) bolaning yoshi va vazniga muvofiq, qat’iy dozalash qoidalari asosida aniq va o’z vaqtida bajarish. • Periferik venalarni kateterizasiya qilish, nazogastral zond orqali ovqatlantirish, siydik kateterini parvarishlash, yuqori nafas yo’llaridan shilliqlarni sanasiya qilish (inkubasion naycha va traxeostomani parvarishlash). • O’ta og’ir bemor bolalar ulangan sun’iy nafas oldirish (IVL) apparatlari, infuzomatlar, perfuzorlar va kardiomonitorlarning ishlashini nazorat qilish, nosozliklar yoki xavotirli signallar (trevoga) chalinganda zudlik bilan shifokorga xabar berish. • Bolaning ahvoli to’satdan og’irlashganda (yurak yoki nafas to’xtashi, tutqanoq va b.) shifokor kelguniga qadar birlamchi reanimasion choralarni boshlash va shifokorga yurak-o’pka reanimasiyasini o’tkazishda faol yordam berish. • Palatada aseptika va antiseptika qoidalariga, sanitariya-epidemiologiya tartibiga qat’iy rioya qilish. Intizomiy va tibbiy chiqindilarni (A, B, V, G toifalar) utilizasiya qilish tizimini to’g’ri yuritish. • tibbiy elektron tizimda to’ldirish. Ish sharoitlari: ish grafigi Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй 781504600

✅ Talablar

Oliy hamshiralik ishi (OHI) yoki o’rta maxsus tibbiy ma’lumot ("Hamshiralik ishi", "Davolash ishi" yoki "Pediatriya hamshirasi" yo’nalishlari bo’yicha diplom).

📎 Manba