Uchastka shifokor psixiatri kattalar uchun

Doimiy Ish
📍 Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 3 ko'rish 📅 04.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati filiali Bo'lim: Dispanser (Ambulator) bo`limi Vazifalar: Uchastka hududida yashovchi fuqarolarga ambulator psixiatrik yordam ko`rsatish. Ruhiy va xulq-atvor buzilishlari bo`lgan bemorlarni aniqlash, ko`rikdan o`tkazish va tashxis qo`yish.Dispanser hisobida turadigan bemorlarni muntazam kuzatib borish. Zarur hollarda bemorlarni stasionar davolanishga, tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yoki boshqa mutaxassislar konsultasiyasiga yuborish. Tibbiy hujjatlarni (ambulator karta, kuzatuv varaqalari, ma`lumotnomalat, hisobotlar,va boshqalar) ni belgilangan tartibda yuritish kerak. Tibbiy sirni saqlash, tibbiy etika va deontologiya qoidalariga amal qilishi shart. Ish sharoitlari: dushanbadan- jumagacha ish vaqti 8-00 dan 15-12 gacha

✅ Talablar

Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi. Psixiatriya mutaxassisligi bo`yicha tayyorgarlikdan (internatura, ordinatura yoki qayta tayyorlash kurslari) o`tgan bo`lishi, amaldagi mutaxassislik sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. Belgilangan tartibda malaka oshirish kurslaridan o`tib borishi kerak. Psixiatriya, psixopatologiya va psixofarmakologiya asoslarini bilishi kerak. Shoshilinch psixiatrik yordam ko`rsatish tartibini, tibbiy hujjatlarni yuritish qoidalarini bilishi kerak. Ruhiy salomatlikka oid amaldagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi kerak. Bemorlarga nisbatan xushmuomalalik va xolislik bilan yondashishi lozim.

📎 Manba