Funksional diagnostika shifokori
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati filiali
Bo'lim: Funksional-tashxislash xonasi
Vazifalar:
Bemorlarni funksional diagnostika tekshiruvlaridan o‘tkazish. Tekshiruv natijalarini tahlil qilish va asosli xulosa berish. Diagnostika apparatlarining to‘g‘ri ishlatilishini nazorat qilish. Tibbiy hujjatlar va hisobotlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish. Sanitariya-gigiyena va infeksion xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. Bemorlarni ng tibbiy sirini saqlash. Ichki mehnat tartibi va amaldagi Sog‘liqni saqlash meyoriy hujjatlariga rioya qilish.
Ish sharoitlari:
dushanbadan-jumagacha 08 00 dan 15 12 gacha
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi. Funksional diagnostika bo`yicha mutaxasislik yoki malaka oshirish kurslarini tamomlagan bo‘lishi kerak. Zamonaviy diagnostika usullarini (EKG, EEX, spirometriya va boshqalar) bilish va amalda qo‘llay olish. Tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri yurita olish va axborot texnologiyalaridan foydalana olish. Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qilish.