Mahallada ijtimioiy xizmatni tashkil etish shoʻbasi, ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis (operator)
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Samarqand viloyati boshqarmasi
Bo'lim: Samarqand tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
Vazifalar:
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Ro'dakiy ko'chasi 174-uy.
+998557069344
✅ Talablar
Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrta-maxsus yoki oliy taʼlim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy taʼlim tashkilotlarining oʻrta-maxsus yoki oliy maʼlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlish (oliy taʼlim, magistratura darajasiga egalikka ustuvorlik beriladi).
Ustuvor ravishda ijtimoiy taʼminot, yuridik, iqtisodiyot yoki davlat boshqaruvi yoʻnalishlari va mutaxassisliklari. Mutaxassislik yoʻnalishi boʻyicha tarmoqlarda kamida 1 yil (oʻrta-maxsus maʼlumotga ega nomzodlar uchun ijtimoiy soha tarmoqlarida 2 yil).
Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi. Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi. - davlat tilida ish yuritish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi;
- jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega boʻlishi;
- Fuqarolar bilan muloqot qilishning madaniy va etik qoidalari, axloq normalari, murojaat qiluvchi shaxslarni hurmat qilish, turli yosh va ijtimoiy guruhlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishi;
- ijtimoiy xizmat koʻrsatish jarayonida vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammoli vaziyatlar va nizolarni hal etish usullaridan xabardorlik;
- korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan boʻlishi;
- Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” 2022-yil 8-avgustdagi
OʻRQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlardan xabardor boʻlishi va unga qatʼiy amal qilishi.
Tajriba: kamida 1 yil