Ko‘kdala tuman hokimining "Xarduri" MFYdagi hokim yordamchisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Ko'kdala tumani hokimligi
Bo'lim: Ko‘kdala tumani hokimining mahalladagi yordamchilar
Vazifalar:
Mahalladagi ishsiz aholini ish bilan taʼminlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga ko‘maklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib boradi; respublika vakillari bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqadi va ijrosini taʼminlaydi; ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi; amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda hokimga hisobot berib boradi.
Ish sharoitlari:
9-18
Manzil / aloqa:
Ko’kdala tumani, Nurafshon ko’chasi 47 уй
+998944160405
✅ Talablar
Iqtisodiyot (iqtisodiy strategik boshqaruv, davlat boshqaruvi, bank va moliya, menedjment, marketing, biznes boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy ilmiy) yo‘nalishida oliy maʼlumotga ega bo‘lishi, shuningdek, xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi (nostrifikatsiya qilingan, top universitetlar qatoriga kiruvchi); 2. Xududda iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqa oladigan; 3. Iqtisodiyotning byudjet-soliq, pul-kredit, tashqi va real sektor yo‘nalishlarida yangicha va samarali yondashuvlarini, xorijiy ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda ishlarni tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish;