Endokrinolog shifokor
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: 72-sonli oilaviy poliklinika
Bo'lim: Oila shifokori
Vazifalar:
Bemorlarni qabul qilish va tekshirish: Endokrin kasalliklari belgilari bo‘lgan bemorlarni qabul qilish, anamnez yig‘ish va fizik ko‘rikdan o‘tkazish.Tashxis qo‘yish: Qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari (buzoq, gipotireoz, tireotoksikoz), moddalar almashinuvi buzilishi, gormonal nomutanosibliklarni laboratoriya va instrumental tekshiruvlar (qon tahlillari, UTT) yordamida aniqlash.Davolash rejalarini tuzish: Bemorning holatidan kelib chiqib, individual davolash usullarini (dori-darmonlar, parhez, turmush tarzini o‘zgartirish) ishlab chiqish.Qandli diabetni boshqarish: Bemorlarga insulin yoki qand miqdorini tushiruvchi preparatlarni buyurish, ularni qon shakarini nazorat qilishga o‘rgatish.Dispanser kuzatuvi: Surunkali endokrin kasalligi bor bemorlarni muntazam kuzatib borish, davolash natijalarini baholash va kerak bo‘lsa tuzatishlar kiritish.Profilaktika va maslahat: Aholi o‘rtasida endokrin kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.Hujjatlashtirish: Bemorlarning tibbiy kartalarini yuritish va davolash jarayonini rasmiylashtirish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
✅ Talablar
1.Endokrinolog vrachi ambulator-poliklinika sharoitida bemorlarga yuqori toifadagi endoskopik tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
2. Endokrinolog vrachi:
- aholiga ambultor-poliklinika sharoitida o‘z vaqtida sifatli endoskopii tekshiurvdan o‘tkazish;
- Jarohat olgan, zaharlangan va og‘ir axvoldagi bemorlar murojaat etilganda turar joyidan kat’iy nazorat birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishi;
- Kerakli vaqtda bemorlarni bo‘lim mudiriga va poliklinikadagi boshqa tor doiradagi mutaxassislarga, oila shifokoriga va boshqa tibbiy tashkilotlarga konsultatsiyaga yuborish;
- Bemorlarning ishga qobiliyatsizlik davrida mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi ochish;
- Bemorlar o‘rtasida dispanserizatsiya bo‘yicha kompleks ishlarini tashkil etish ( dispanser bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni ro‘yxatga olish, tibbiy-oqartuv ishlarini o‘tkazish) nozologik formaga binoan dispanser ro‘yxatni to‘g‘ri tashkil etish dispanser ruyxatga kiruvchilar ustidan nazoratini sifatli tashkil etish va tahlil qilish;
3.Aholini profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda qatnashish;
4. Doimiy ravishda bemorlar o‘rtasida tibbiy oqartuv ishlarini, sog‘lom turmush tarziga sanitariya va gigiena me’yorlariga amal qilish haqida targ‘ibot ishlari olib borish;
5. Vrachning ish vaqti bosh vrach tasdiqlangan jadval asosida tuziladi.
6. Vrach har 5 yilda o‘z tibbiy malaka saviyasini vrachlar malaka oshirish institutida oshirish va malaka toifasini oshirish;