Team Lead Customer Analyst (Tezkor)

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 08.09.2026

📋 Tavsif

Tezkor’ning Customer yo‘nalishiga Product va Marketing Analytics’ni rivojlantirishga yordam beradigan Team Lead Analyst izlayapmiz. Mas’uliyat doirasida 3 nafar analitikdan iborat jamoa va ikkita yo‘nalish mavjud: Customer Product Analytics va Customer Marketing Analytics.

Bu — player-coach roli: vaqtning 50 foizi — jamoani boshqarish va rivojlantirish, steykxolderlar va jarayonlar bilan ishlash, 50 foizi — bevosita analitika bilan shug‘ullanish. Murakkab analitik vazifalarni mustaqil hal qilishda davom etishni istagan amaldagi liderlarni ham, menejmentga birinchi qadamni qo‘yishga tayyor kuchli Senior-analitiklarni ham ko‘rib chiqamiz.

Asosiy vazifalar:

  • Mijozlar segmentatsiyasi va mijozlar bazasini bashorat qilishni rivojlantirish;

  • Mijoz yo‘lidagi o‘sish nuqtalarini aniqlash va foydalanuvchilarning turli segmentlari uchun mahsulot mexanikalarini belgilash;

  • CRM va promo-analitika;

  • Ekotizim analitikasi va attributsiya tizimini rivojlantirish.

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • 3 nafar analitikdan iborat jamoani boshqarish (50% — hands-on analitika, 50% — people management);

  • Customer Product va Customer Marketing Analytics yo‘nalishlarini rivojlantirish;

  • Segmentatsiya va mijozlar bazasini prognozlashdan tortib, eksperimentlar va causal inference’gacha bo‘lgan murakkab analitik vazifalarni hal qilish;

  • Product va Marketing jamoalari bilan yaqin hamkorlikda ishlash, ustuvorliklarga ta’sir ko‘rsatish va data-driven qarorlar qabul qilishga yordam berish.

Biz uchun nimalar muhim:

  • Product Analytics sohasida kuchli tajriba;

  • A/B testlash va causal inference’ni chuqur tushunish;

  • Jamoani boshqarish tajribasi yoki menejmentga o‘tishga tayyorlik;

  • Biznes bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, so‘rovlarni tanqidiy baholash va o‘z pozitsiyasini himoya qila olish;

  • SQL va Python’ni ishonchli darajada bilish;

  • Marketing Analytics, CRM, promo va attributsiya bo‘yicha tajriba ustunlik beradi.

Nima uchun bu qiziqarli:

  • Keng mas’uliyat doirasi va arxitektura hamda mahsulot bo‘yicha qarorlarga ta’sir qilish imkoniyatini beramiz. Shuningdek, tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan mamnunmiz;

  • Noyob madaniyat — startap ruhini saqlab qolib va shu bilan birga yetuk jarayonlarni yo‘lga qo‘yganmiz;

  • Butun jamoa bilan birgalikda o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni shakllantiramiz va ularni shunchaki “hisobot uchun” bajarmaymiz, balki samaradorlik va ishimizning biznesga umumiy ta’sirini o‘lchaymiz;

  • Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislardan iborat jamoalarda ishlash;

  • Jamoalar ijrochilar emas, balki hamkorlar sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi.

Nima taklif qilamiz:

  • Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash yoki Toshkentdagi shinam ofis;

  • Muhandislik yoki boshqaruv trekida o‘sish imkoniyati, shuningdek, muntazam performans baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan;

  • Rossiya bozoridagi top kompaniyalar darajasida maosh;

  • Ta’lim va rivojlanish — kompaniya ichida ham, undan tashqarida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, nashrlar). Shuningdek, shaxsiy brendingizni rivojlantirishga yordam beramiz;

  • Asos - zo‘r ishlash istagida bo‘lgan mutaxassislar hamjamiyati.

  • Yoqimli bonus - joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar.


✅ Talablar

Yo'nalish: Maʼlumotlar bilan ishlash Bo'lim: Uzum Tezkor Ish rejimi: Masofaviy ish Tajriba: 6 yildan boshlab