TEXNIK XODIM (Technical Support / Moderator)

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 700 USD 👁️ 1 ko'rish 📅 09.09.2026

📋 Tavsif

Unknown #support TEXNIK XODIM (Technical Support / Moderator) KERAK IT sohasida rivojlanishni istaydigan, texnik muammolarni tahlil qila oladigan va mijozlar bilan yaxshi muloqot qiladigan texnik xodimni jamoamizga taklif qilamiz. ASOSIY VAZIFALAR: * Foydalanuvchilardan kelib tushadigan texnik murojaatlarni qabul qilish va tahlil qilish; * Platforma va mobil ilovalardagi xatoliklarni aniqlash; * Muammoni qayta takrorlash (Step-by-Step Reproduction) va dasturchilarga aniq tavsiflab berish; * Brauzer DevTools (Console, Network) orqali log va xatoliklarni yig‘ish; * Foydalanuvchilarga texnik masalalar bo‘yicha maslahat berish; * Platformadagi e’lonlar va kontentni tekshirish, qoidabuzarliklarni aniqlash; * Aniqlangan muammolarni Jira, Bitrix24 yoki boshqa tiket tizimlariga kiritish; * Zarur holatlarda dasturchilar va boshqa texnik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish. TALABLAR: O‘zbek tili — ravon og‘zaki va yozma; Rus tili — ravon og‘zaki va yozma; Ingliz tili — texnik hujjatlar, loglar Texnik ko‘nikmalar: Kompyuterda yaxshi ishlash; Excel / Google Sheets bilan ishlay olish; * Brauzer DevTools: Console va Network bilan ishlash; * Android/iOS mobil ilovalaridan foydalanish; * Jira, Bitrix24 yoki boshqa tiket/CRM tizimlari bilan ishlash; * Texnik xatoliklarni aniq va tushunarli tarzda yozma shaklda ta’riflay olish; * Loglarni o‘qish va tahlil qilish bo‘yicha boshlang‘ich bilim. AFZALLIK BERADI: * Call-markaz, texnik support, marketplace yoki moderatsiya sohasida tajriba; * IT bo‘yicha ta’lim yoki tugatilgan IT-kurslar; * SQL asoslari (SELECT so‘rovlari); * Python yoki JavaScript asoslari; * Git bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich bilim; * Sentry, Grafana kabi monitoring va log tizimlari bilan tanishish. MUHIM: * Diqqatli va mas’uliyatli bo‘lish; * Fake va qoidabuzar kontentni tez aniqlay olish; * Shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilish; * Maxfiy ma’lumotlarni himoya qila olish; * NDA (maxfiylik shartnomasi) bilan ishlashga tayyor bo‘lish; * Stressli va konfliktli vaziyatlarda bosiqlikni saqlash; * Jamoada ishlay olish. BIZ KIMNI QIDIRYAPMIZ? Agar siz IT sohasiga qiziqsangiz, texnik muammolarni o‘rganishdan qo‘rqmasangiz va kelajakda QA, Support Engineer, System/Business Analyst yoki boshqa IT yo‘nalishida rivojlanishni istasangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz. Rezyumeni yuboring: @dost_on324 991421025 Ish joyi: Amir Temur metro Maosh: 700$+ Ish grafigi: to'lliq jadval 6/1

📎 Manba