Соғлиқни сақлаш муассасаси санитари (санитаркаси)
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi
Bo'lim: Jarroxlik bo'limi
Vazifalar:
Operatsion xonasini operatsiyaga tayyorlash va tozaligini ta’minlash.
Operatsiyadan oldin va keyin xonani belgilangan tartibda tozalash va dezinfeksiya qilish.
Operatsion stol, mebel va boshqa yuzalarni dezinfeksiya qilish.
Steril materiallar va tibbiy buyumlarni belgilangan tartibda tayyorlash va joylashtirishda yordam berish.
Ishlatilgan asbob-uskunalarni belgilangan tartibda yig‘ish va sterilizatsiyaga topshirish.
Tibbiy chiqindilarni turlari bo‘yicha ajratish va xavfsiz tarzda yig‘ish.
Operatsiya vaqtida operatsion hamshira va boshqa tibbiyot xodimlariga zarur yordam ko‘rsatish.
Choyshab, xalat, niqob, qo‘lqop va boshqa sarf materiallarini o‘z vaqtida tayyorlash.
Aseptika, antiseptika va infeksiya nazorati qoidalariga qat’iy rioya qilish.
Dezinfeksiya vositalaridan yo‘riqnoma asosida foydalanish.
Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish.
Operatsion xonada aniqlangan sanitariya yoki jihozlar bilan bog‘liq muammolar haqida mas’ul xodimga xabar berish.
Operatsion xonaga kirish-chiqish va sanitariya rejimiga rioya qilish.
Ichki mehnat tartibi, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish.
Ish sharoitlari:
Grafik asosida
Manzil / aloqa:
Toshkent shahar Yunusobod tumani, G`ayratiy 24 uy.
+998712248933
✅ Talablar
umumiy o‘rta ma’lumot;
sanitariya-gigiyena qoidalarini bilish;
klinika xonalari va jihozlarini toza saqlash;
dezinfeksiya qoidalariga rioya qilish;
tibbiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va ajratish;
bemorlar va tibbiyot xodimlari bilan muomala madaniyatiga rioya qilish;
mehnat xavfsizligi va infeksiya nazorati talablarini bilish;
shaxsiy gigiyena va maxsus himoya vositalaridan foydalanish.