shifokor epidemiolog

Doimiy Ish
📍 Toshkent viloyati, Chirchiq shahri 💰 3 772 773 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 09.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Toshkent viloyati bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi Bo'lim: Ma’muriyat Vazifalar: Sog‘liqni saqlash muassasasida shifokor-epidemiologning asosiy lavozim majburiyatlari quyidagilardan iborat: Muassasada infeksion kasalliklarning oldini olish va epidemiologik nazoratni tashkil etish. Sanitariya-gigiena qoidalari va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarga rioya qilinishini nazorat qilish. Nozokomial (shifoxona ichida yuqadigan) infeksiyalarning oldini olish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Infeksion kasalliklar aniqlanganda epidemiologik tekshiruv o‘tkazish va tegishli choralar ko‘rish. Dezinfeksiya, sterilizatsiya va aseptika qoidalarining bajarilishini nazorat qilish. Xodimlarga infeksion xavfsizlik, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va sanitariya qoidalari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish. Epidemiologik hisobotlar, jurnallar va boshqa zarur hujjatlarni yuritish. Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan hamkorlik qilish va ularning ko‘rsatmalarini bajarish. Emlash (immunizatsiya) ishlarini tashkil etish va nazorat qilish. Epidemiologik vaziyatni tahlil qilish hamda rahbariyatga taklif va xulosalar kiritish. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 15:30 gacha Manzil / aloqa: Toshkent viloyati Chirchiq shahar Madaniyat ko'chasi 31 uy +998717165057

✅ Talablar

“Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha oliy maʼlumot va “Epidemiologiya” mutaxassisligi bo‘yicha oliy taʼlimdan keyingi ta‘lim (internatura va/yoki ordinatura).

📎 Manba