Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Shayxontohur tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 5 ko'rish 📅 09.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Bo'lim: Resurs soliqlar ma’muriyatchiligi boshqarmasi Vazifalar: Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan majburiyatlar, Ish faoliyatiga yangilik va innovatsion gʻoyalarni tatbiq etish, moliyaviy hisobotlarni qonun hujjatlariga mosligini aniqlash, soliqqa tortish yuzasidan xorijiy davlatlar tajribasining ijobiy tomonlarini oʻrgangan holda soliq maʼmurchiligini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, davlat budjetiga tushumlarni oshirishga oʻz hissasini qoʻshish. Ish sharoitlari: dushanba-juma, 9:00-18:00 Manzil / aloqa: 100011, Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13a-uy (71) 244-98-09

✅ Talablar

Iqtisodiyot, buxgalteriya, bank-moliya yoki soliq sohasida sohasidagi yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumot ega boʻlishi; Resurs soliqlar ma’muriyatchiligi yoʻnalishida kamida 3 yil stajga ega boʻlishi; Oʻzbekiston Respublikasining soliqqa oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlari boʻyicha yuqori bilim va koʻnikma, Davlat tili va chet tilini (rus) mukammal bilishi, Kompyuter dasturlaridan yuqori darajada foydalanish koʻnikmasiga ega boʻlishlari lozim. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan, jinoyat sodir etganligi uchun ilgari sudlangan fuqarolar ularga nisbatan jazo qoʻllanilganligidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qoʻllanilganligidan qatʼi nazar (ehtiyotsizlik orqasida, shu jumladan, mansab mavqeini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno), belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan, mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan boʻshatilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 3-bandlari hamda 441-moddasi boʻyicha boʻshatilgan holatlar bundan mustasno), shuningdek, boshqa organ va tashkilotlardan obroʻsini toʻkadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun boʻshatilgan shaxslar davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba