Dev Camp Ishtirokchisi (Intern)
Doimiy Ish📋 Tavsif
Yandex Uzbekistan
Yandex Uzbekistan talabalar va IT sohasini endi boshlayotgan mutaxassislar uchun bepul Dev Camp dasturiga qabul boshladi
🤩 10–31 oktyabr kunlari Toshkentdagi Yandex Uzbekistan ofisida uch haftalik intensiv dastur bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkin:
• backend dasturlash;
• sun’iy intellekt;
• algoritmlar.
Ishtirokchilar texnik vazifalar ustida ishlash, Yandex'ning dasturchilari va jamoa rahbarlari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ular Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan saralov jarayonidan o‘tish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin.
🎓 Dev Camp quyidagilar uchun mos keladi:
• IT yo‘nalishlaridagi talabalar;
• oliy ta’lim muassasalarini yaqinda tamomlagan bitiruvchilar;
• backend yo‘nalishida rivojlanishni istaganlar.
Ishtirokchilar uchun yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar belgilanmagan.
🔹 Ta’lim rus va ingliz tillarida olib boriladi.
O‘zbekistonning boshqa hududlaridan saralovning yakuniy bosqichiga o‘tgan eng yaxshi nomzodlarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va poytaxtda yashashi Yandex tomonidan qoplanadi.
Dastur mashg‘ulotlarining kamida 70 foizida qatnashgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
❗️ Arizalar 30 sentyabrga qadar qabul qilinadi.
👍 Dasturda ishtirok etish uchun ariza to‘ldirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.