1-toifali teleoperator
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshkent viloyati teleradiokanali
Bo'lim: Televideniye guruhi
Vazifalar:
Rejissyorlik ssenariysi asosida ko‘rsatuvlarni yuqori professional darajada tayyorlaydi va suratga oladi.
Ko‘rsatuvning tasviriy qismini hal etishda muallif va rejissyor fikrini to‘laqonli hamda to‘g‘ri qabul qilib, tegishli tasvir texnikalari bilan (optik fokus, yorug‘lik, panorama) ta’minlaydi va amalga oshiradi.
Tegishli ko‘rsatuv va lavhalarni tayyorlash uchun sifatli texnik jihozlardan (videokamera, shtativ, media tashuvchilar, yoritish jihozlaridan) unumli va xavfsiz foydalanadi.
Barcha janr va ko‘rinishdagi teleko‘rsatuvlar hamda videofilmlarni suratga olish jarayonini texnik va badiiy jihatdan yuksak saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Ish sharoitlari:
5 kunlik, 9:00-18:00gacha
✅ Talablar
Televideniye, tasvirga olishning eng yangi texnikalarini, televizion ko‘rsatuvlar tayyorlash texnologiyasini mukammal bilishi hamda zamonaviy telekameralarda, pavilyonlarda o‘rnatilgan yoritish jihozlaridan to‘g‘ri va unumli foydalana olishi lozim.
Tajriba: kamida 2 yil