Project Manager
Doimiy Ish📋 Tavsif
Metasell
🚀 Biz Metasell jamoamizga mijozlar bilan ishlash, onboarding va tizimni joriy etish jarayonlarini boshqaradigan Project Manager izlayapmiz.
Agar siz mijoz bilan samarali muloqot qila olsangiz, jarayonlarni tartibga solishni yaxshi koʻrsangiz va shunchaki vazifani bajarish emas, mijozga real natija olib kelishni xohlasangiz — sizni jamoamizda kutamiz!
Sizning asosiy vazifalaringiz:
— Yangi mijozlarni tizimga tez va muammosiz integratsiya qilish
— Mijoz bilan onboarding jarayonini toʻliq boshqarish
— CRM integratsiyasi uchun kerakli maʼlumotlarni yigʻish va sozlash jarayonini nazorat qilish
— Mijozlarga Metasell tizimidan foydalanish boʻyicha oʻqitish oʻtkazish
— Mijozlarning savollari, takliflari va eʼtirozlari bilan ishlash
— Zarur holatlarda muammolarni texnik boʻlimga toʻgʻri eskalatsiya qilish
— Obuna muddatlarini nazorat qilish va mijozlar bilan qayta aloqa oʻrnatish
— Mijozlarning tizimdan doimiy foydalanishini taʼminlash
— Mijoz biznesiga mos ravishda tizim imkoniyatlarini koʻrsatish va uning foydasini tushuntirish
— Hisobotlar va mijoz natijalarini tahlil qilish
Biz sizdan kutamiz:
— Kuchli kommunikatsiya va muzokara olib borish qobiliyati
— Mijozlar bilan ishlash tajribasi
— Tizimli va masʼuliyatli yondashuv
— Muammolarni mustaqil hal qila olish
— CRM tizimlari bilan ishlashga qiziqish
— Taqdimot va oʻqitish koʻnikmalari
— Natijaga yoʻnaltirilgan fikrlash
— SPIN metodologiyasi haqida tushuncha — katta ustunlik
Ish formati: Offline
Manzil: Mirobod tumani ( Moʻljal: Oybek metro )
Murojaat uchun: @pcg_hrd
@unilance - eng yaxshisi siz uchun