Эпидимиеолог
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Shaxar 2-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxona
Bo'lim: Umumiy tibbiyot xodimlar
Vazifalar:
Kuzatuv (monitoring): Hududdagi yuqumli va parazitar kasalliklar dinamikasini doimiy tahlil qilib borish.O‘choqlarni o‘rganish: Kasallik chiqqan joyda (maktab, bog‘cha, shifoxona, mahalla) epidemiologik tekshiruv o‘tkazish, infeksiya manbasini va yuqish yo‘llarini aniqlash.Profilaktika: Emlash (vaksinatsiya) rejalarini tuzish va emlash jarayonining to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilish.Dezinfeksiya nazorati: Kasallik o‘choqlarida va tibbiyot muassasalarida dezinfeksiya, dezinsektsiya (hasharotlarga qarshi) va deratizatsiya (kemiruvchilarga qarshi) ishlarini tashkil etish.Karantin choralari: Epidemiya xavfi tug‘ilganda karantin va cheklov choralarini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish.Sanitariya nazorati: Oziq-ovqat, suv va mehnat sharoitlarining sanitariya qoidalariga (SanPIN) mosligini tekshirish.Hujjatlar bilan ishlash: Yuqumli kasalliklar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash va statistik ma'lumotlarni yuritish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Тошкент шахар Яшнобод тумани Авиасозлар 4-мавзе
+998712965977
✅ Talablar
Bakalavriat: Oliy tibbiyot oliygohlarining "Tibbiy profilaktika ishi" (sobiq Sanitariya-gigiyena) fakultetini tamomlagan bo‘lishi shart.Magistratura / Ordinatura: "Epidemiologiya" yoki "Atrof-muhit va jamoat salomatligi" yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashganlik (tor doiradagi rahbarlik yoki ilmiy lavozimlar uchun).2. Kasbiy bilimlar (Nimani bilishi shart?)Qonunchilik: "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi Qonunni, SanPIN (Sanitariya qoidalari va normalari) hamda sohaga oid buyruqlarni mukammal bilish.Epidemik jarayon: Kasallik qo‘zg‘atuvchilarining tarqalish qonuniyatlari, infeksiya manbalari va yuqish mexanizmlarini tahlil qila olish.Immunoprofilaktika: Milliy emlash kalendari, vaksinalarni saqlash ("sovuqlik zanjiri") qoidalari va asoratlar nazorati.