Davolash ishlari bo'yicha rahbar o'rinbosari

Doimiy Ish
📍 Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 4 ko'rish 📅 12.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasi Bo'lim: Ma'muriyat Vazifalar: Davolash ishlari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari tibbiyot birlashmasida davolash-profilaktika ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati va samaradorligini nazorat qilish, bemorlarni tashxislash, davolash va parvarishlash jarayonlarini takomillashtirish, bo‘limlar va tibbiyot xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish standartlari va klinik protokollarga rioya etilishini ta’minlash, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining ish faoliyatini nazorat qilish, bemorlar murojaatlari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish hamda tegishli choralar ko‘rish, tibbiy hujjatlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qilish, kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash va dispanser nazoratini tashkil etish, statsionar va ambulator xizmatlar faoliyatini tahlil qilish, tibbiy hisobotlarni o‘rganish va rahbariyatga tegishli takliflar kiritish, shifokorlarning malakasini oshirish va zamonaviy davolash usullarini amaliyotga joriy etishni tashkil etish, sanitariya-epidemiologik va infeksiya nazorati talablariga rioya etilishini ta’minlash, mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish hamda boshliq tomonidan yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish. Ish sharoitlari: Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma ish kunlari soat 08-00 dan 16-00 gacha shanba yakshanba dam olish kuni. Manzil / aloqa: Қорасув шаҳар Мустақиллик МФЙ Андижон кўчаси 1 уй 998905402115

✅ Talablar

Davolash ishlari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari lavozimiga oliy tibbiy ma’lumotga ega, tegishli mutaxassislik bo‘yicha malaka sertifikati va amaldagi malaka toifasiga ega, sog‘liqni saqlash tizimida hamda davolash-profilaktika muassasalarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan, davolash-profilaktika ishlarini tashkil etish, tibbiy yordam sifati va samaradorligini nazorat qilish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, sog‘liqni saqlash sohasiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni biladigan, tibbiy hujjatlarni yuritish va hisobotlarni shakllantirish tartibidan xabardor, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan hamda jamoani boshqarish va xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish qobiliyatiga ega shaxs tayinlanadi. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba