UTT shifokori
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Andijon shahar 3-oilaviy poliklinikasi
Bo'lim: tor soha mutaxassisi
Vazifalar:
• “Ultratovush diagnostikasi” mutaxassisligi bo‘yicha tegishli ixtisoslashuv, klinik ordinatura yoki amaldagi tartibda belgilangan qayta tayyorlash kursini tamomlagan bo‘lish.
• Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda tegishli malaka hujjatlariga ega bo‘lish.
• Ultratovush diagnostikasining zamonaviy usullarini bilish va amaliyotda qo‘llay olish.
• Quyidagi UTT tekshiruvlarini mustaqil bajarish va natijalarini tahlil qila olish: qorin bo‘shlig‘i a’zolari; buyrak va siydik yo‘llari; qalqonsimon bez; sut bezlari; kichik chanoq a’zolari; yumshoq to‘qimalar; limfa tugunlari; yurak-qon tomir tizimi bo‘yicha tegishli tekshiruvlar; homiladorlik va homila rivojlanishini ultratovush orqali baholash — tegishli vakolat va tayyorgarlik mavjud bo‘lganda.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba,chorshanba,payshanba ,juma soat 08:00 dan 11:36 gacha 5 kunlik ish xaftasi. Dam olish kunlari shanba yakshanba
✅ Talablar
• UTT apparaturasidan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanishni bilish.
• Tekshiruv natijalari asosida tibbiy xulosa rasmiylashtira olish.
• Aniqlangan patologik o‘zgarishlarni baholash va zarur hollarda bemorni tegishli tor mutaxassisga yo‘naltirish.
• Shoshilinch holatlarda aniqlangan xavfli belgilarni baholay olish va bemorni tegishli tibbiy yordamga yo‘naltirish.
• Tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish.
• Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qilish.
• Sanitariya-epidemiologik talablar, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini bilish.
• Kompyuter va tibbiy axborot tizimlaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
• O‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish