Senior Flutter dasturchi

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 1 ko'rish 📅 13.09.2026

📋 Tavsif

Smartup Smartup mobil ilovasini rivojlantirish uchun #Senior_Flutter dasturchi qidirilmoqda. Smartup dan har kuni 11 mamlakatda 25 000 dan ortiq savdo agentlari va merchandayzerlar foydalanadi. Ko'pincha internet yo'q sharoitda ishlatishadi. Jamoamizga shunchaki ekran yasaydigan emas, ilova offline holatda qanday o'zini tutishini tushunadigan va arxitektura qura oladigan dasturchi kerak. Bizga o'z ustida ishlashdan to'xtamaydigan va mas'uliyat olishdan qo'rqmaydigan dasturchilar kerak. Nimalar ustida ishlaysiz: - Offline-first arxitekturani loyihalash: lokal baza, sinxronizatsiya - Legacy kodni refraktoring qilish va testlar bilan qoplash - Kuchsiz (low-end) qurilmalarda ishlash tezligini optimizatsiya qilish - Talabchan code review va jamoada injenerlik standartlarini ushlab turish - Middle/junior dasturchilarga mentorlik qilish Nomzoddan kutiladi: - Flutter/Dart bo'yicha mustahkam bilim (3–4 yildan ortiq real tajriba) - BLoC (yoki muqobil yechimlar) va state management'ni chuqur tushunish - Katta hajmdagi ma'lumotlar va sinxronizatsiya bilan ishlash tajribasi - Texnik qarorlarni mustaqil qabul qila olish - Test yozishni "vaqt topilganda" emas, odat sifatida bajarish Ish formati: Toshkentdagi ofisda, to'liq kun. Sprintlar asosida ishlaymiz. Rezyumeni shu manzilga yuboring: zarifjon.ergashev@greenwhite.uz | @ZarifErgashev

📎 Manba