Булим мудири
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshkent shahar Sergeli tumani 61-sonli oilaviy poliklinika
Bo'lim: Умумий амалиёт шифокори
Vazifalar:
Bo‘lim boshlig‘i quyidagilar uchun javobgar:
1. Xodimlarga ma’muriyatning tegishli buyruqlari va farmoyishlarini, shuningdek yo‘riqnoma-uslubiy hamda yuoshqa ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida yetkazish.
2. O‘z ishi natijalari, biriktirilgan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, shuningdek o‘z vazifaviy majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq xarakatlar yoki xarakatsizlik oqibatida oilaviy poliklinikaning faoliyatiga yoki bemorlarning salomatligiga yetkazilgan zarar uchun.
3. Tibbiy uskunalar, shuningdek shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmonlarning butligi va ulardan samarali foydalanish uchun.
4. Hisob va hisobot hujjatlarining va taqdim etilayotgan statistika ma’lumotlarining ishonchliligi uchun.
5. Bo‘limda sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlarga rioya etilishi uchun.
6.Barcha tarkibiy bo‘limlarini ishlarining yillik rejasini tuzish, shuningdek uning bajurilishi ustidan izchil nazorat qilish;
7.Statistik hisobotini to‘g‘ri tuzish va tegishli muassasalarga belgilangan muddatda hisobotni topshirishni;
Ish sharoitlari:
grafik asosida
✅ Talablar
Bo‘lim boshlig‘ining vazifalari kuyidagilardan iborat:
1. Bo‘lim xodimlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish.
2. Bo‘limda va xonadonlarda davolash-diagnostika hamda profilaktika ishlarini tashkil etish.
3. Bo‘lim vrachlari tomonidan bemorlarni tashxislash va davolash ishlarini nazorat qilish.
4. Vrachlar hududlaridagi lozim bo‘lgan aholi tarkibini profilaktik emlashlar bilan qamrashi va buni rejalashtirishini nazorat qilish.
5. O‘smirlar va harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshdagilar ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish sifatini nazorat qilish.
6. Biriktirilgan aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash maqsadida profilaktika va maqsadli tibbiy ko‘riklarni, biriktirilgan aholi ichidan dekretlashtirilgan aholi tarkibinining (bolalar, o‘smirlar, tug‘ish yoshidagi ayollar, surunkali kasalligi borlar) dispanserizatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirish.
7. Bo‘lim vrachlari tomonidan vaqtinchalik ishga layoqatsizlikning ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etish va amaldagi nizomga muvofiq holda uning sifatini muntazam nazorat qilish.
8. Bo‘lim xodimlarining ish jadvalini tuzish.
9. Bo‘lim faoliyati amaliyotiga tashhislash va davolash ishni tashkil etishning ilg‘or shakllarini joriy qilishni tashkillashtirish.
10. Shifoxonalarga yo‘llash orderi va ambulator kartasidan ko‘chirmalar to‘g‘ri hamda to‘liq to‘ldirilganligi nazorat etish bilan birga, albatta bemorni shahsan ko‘rikdan o‘tkazib, reja asosida shifoxonaga yotqizishni tashkil etish.
11. Dispanserlik hisobida turgan va dispanserlik nazoratiga yangi olingan bemorlarning sifatli va samarali dispanserizatsiyasini tashkil etish.
12. UAV hududidagi hayotining birinchi yilidagi go‘daklarni va dispanser guruhidagi bolalarni kuzatish bo‘yicha vrachning ishini nazorat qilish.
13. Bo‘lim vrachlari tomonidan yuqumli kasalliklarni erta aniqlash, diagnostika qilish va davolashni va ular tomonidan davlat sanitariya-epidemiya nazorati hududiy smarkaziga o‘z vaqtida xabarnomalar yuborilishini tashkil etish.
14. Sanatoriya-kurort davolanishiga bemorlarning to‘g‘ri tanlanishini va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ketayotgan shaxslarni nazorat qilish.
15. Vrachlar va o‘rta tibbiy xodimlarning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilish bo‘yicha ishlarini tashkil etish.
16. Vrachlar va o‘rta tibbiy xodimlar tomonidan tibbiy hisob va hisobot hujjatlarining to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida to‘ldirilishini nazorat qilish.