Beruniy tuman tibbiyot birlashmasi gospital epidemiolog shifokor

Doimiy Ish
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 13.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Beruniy tuman tibbiyot birlashmasi Bo'lim: Куп тармокли поликлиника Vazifalar: Yuqumli kasalliklar, oziq-ovqat va suv orqali yuqadigan infeksiyalar, parazitar va nozokomiyal (kasalxonada yuqadigan) infeksiyalarning oldini olish choralarini ishlab chiqadi. 2.2. Kasallanish holatini epidemiologik tahlil qiladi, sabab va tarqalish yo‘llarini aniqlaydi. 2.3. Aholi orasida sanitar-ma’rifiy ishlar olib boradi. 2.4. Profilaktik va dezinfeksiya tadbirlarini rejalashtiradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi. 2.5. Kasallik o‘chog‘ida epidemiologik surishtiruv o‘tkazadi, natijalari bo‘yicha choralar belgilaydi. 2.6. Tibbiyot muassasalarida infektsiya nazoratini tashkil qiladi. 2.7. Yuqumli kasalliklar bo‘yicha tibbiy hisobotlar va statistik ma’lumotlarni yuritadi. 2.8. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlarini rejalashtiradi. 2.9. Aholi o‘rtasida emlash (immunizatsiya) ishlarining sifatini va qamrovini nazorat qiladi. 2.10. Favqulodda epidemiologik vaziyatlarda (masalan, epidemiyalar, oziq-ovqat zaharlanishlari) tegishli tashkilotlar bilan birgalikda tezkor choralar ko‘radi. Ish sharoitlari: 5 kunlik ish Manzil / aloqa: Қорақалпоғистон Республикаси Беруний тумани Ҳалқлар Дўстлиги кўчаси 3-уй 615242753

✅ Talablar

Oliy tibbiy ma’lumot (tibbiyot instituti yoki tibbiy akademiya). - Epidemiologiya yoki gigiyena yo‘nalishida ixtisoslik bo‘yicha tayyorlangan bo‘lishi. - Kompyuterda tibbiy hisobot va ma’lumotlar bazalari bilan ishlay olish ko‘nikmasi. - Yuqumli kasalliklar, immunoprofilaktika, va sanitariya me’yorlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi.

📎 Manba