Senior kotlin dasturchi (Kotlin Multiplatform / Android / iOS)
Doimiy Ish📋 Tavsif
ARYFMA
#kotlin
Senior kotlin dasturchi (Kotlin Multiplatform / Android / iOS)
Kompaniya: ARYFMA — biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun zamonaviy dasturiy yechimlar ishlab chiquvchi kompaniya.
📍Ish joyi: Xorazm viloyati, Urganch shahri, O‘zbekiston ovozi ko‘chasi, 29V-uy.
Mo‘ljal: Xorazm viloyati, Hududgaz ro‘parasi.
Yosh chegarasi: 20+
Ish turi: To‘liq stavka
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha, dushanba–shanba.
Vazifalari:
• Kotlin Multiplatform (KMP) asosida Android va iOS uchun umumiy biznes logikasini ishlab chiqish;
• Android va iOS ilovalarini ishlab chiqish hamda rivojlantirish;
• Kotlin Backend va REST APIʼlar bilan integratsiyalarni amalga oshirish;
• Offline-first arxitektura va lokal maʼlumotlar bazalari bilan ishlash;
• Toza, tushunarli va qoʻllab-quvvatlashga qulay kod yozish;
• Git, CI/CD va GitHub Actions yordamida jamoaviy ishlash;
• AI vositalaridan samarali foydalanib ishlab chiqish jarayonini optimallashtirish.
Biz kutayotgan nomzod:
• Kamida 3 yillik mobil dasturlash tajribasi;
• Kotlin va Kotlin Multiplatform (KMP) boʻyicha mustahkam bilim;
• Android ilovalari ishlab chiqish tajribasi;
• REST API va backend bilan ishlash tajribasi;
• Katta kod bazasida ishlash tajribasi;
• AI vositalari (Claude, Codex va boshqalar) bilan samarali ishlay olish;
• Jamoada ochiq va erkin muloqot qila olish;
• Ofisdan (onsite) ishlashga tayyor bo'lish.
⭐️ Quyidagi texnologiyalarni bilish ustunlik beradi:
• Kotlin Multiplatform (KMP)
• Kotlin Coroutines & Flow
• Jetpack Compose (Android/Desktop)
• Compose Multiplatform
• Swift / SwiftUI
• Android SDK
• Ktor yoki Spring Boot (Kotlin Backend)
• SQLDelight yoki Room
• Koin (Dependency Injection)
• Kotlin Serialization
• REST API / WebSocket
• Git, CI/CD, GitHub Actions
• Docker
• Kubernetes
Biz taklif qilamiz:
• Tajribaga qarab 500-1600 AQSH dollari miqdorida ish haqi;
• Murakkab va qiziqarli loyihalarda ishlash imkoniyati;
• Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash;
• Ahil va professional jamoa;
• Kasbiy rivojlanish va karyera oʻsishi imkoniyati.
📩 Murojaat uchun:
Telegram: @AryfmaHR
📞 Aloqa: +998 94 800 56 52
Murojaat vaqti: 09:00-18:00
Mas’ul: Sogdiana