Шифокор-анестезиолог реаниматолог
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi
Bo'lim: Катталар жаррохлик реанимацияси
Vazifalar:
Klinik anatomiya, topografik anatomiya, normal va patologik fiziologiya, farmakologiya (ingalyatsion va noingalyatsion anestetiklar, miorelaksantlar, narkotik analgetiklar, inotroplar).Vrachlik amaliyotida uchraydigan shok holatlari (kardiogen, anafilaktik, septik, gipovolemik), komalar, O‘RDS (o‘tkir respirator distress sindromi) va ko‘p a’zolar yetishmovchiligi (PON) patogenezi va terapiyasi.Klinik EKG, KOS (kislota-ishqor muvozanati), elektrolitlar va koagulogramma ko‘rsatkichlari tahlili.Narkotik vositalar va psixotrop moddalar bilan ishlash hamda saqlash bo‘yicha qonunchilik me’yorlari.Gemotransfuziologiya (qon va komponentlarini quyish) va aseptika-antiseptika (nozokomial infeksiyalar profilaktikasi) talablari.4. Amaliy ko‘nikma va manipulyatsiyalarVrach mustaqil va bexato bajarishi lozim bo‘lgan asosiy amaliyotlar:Anesteziya o‘tkazish:Endotraxeal va laringeal maskali umumiy narkoz.Tomir ichi anesteziyasi va sedatsiya.Regionar anesteziya (epidural, spinal va o‘tkazuvchi anesteziya).Preanestetik ko‘rik va ASA (Amerika anesteziologlar jamiyati) shkalasi bo‘yicha xavf darajasini baholash.Shoshilinch va intensiv terapiya:Traxeya intubatsiyasi (shu jumladan, "qiyin nafas yo‘llari" protokoli bo‘yicha).Markaziy tomirlarni (vena kava, jugularis, subclavia) va periferik tomirlarni kateterizatsiya qilish.S‘UV (sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi) apparatlarida ishlash va rejimlarni (SIMV, CPAP, PSV) bemor holatiga moslash.Yurak-o‘pka reanimatsiyasi (BLS, ALS, defibrillyatsiya, elektrokardiostimulyatsiya).Plevral bo‘shliqni va perikardni punktsiya qilish, traxeostomiya.
Ish sharoitlari:
ish grafigi
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй
781504600
✅ Talablar
"Anesteziologiya va reanimatologiya" mutaxassisligi bo‘yicha kamida 2 yillik klinik ordinatura yoki magistratura diplomi.o Mutaxassislik bo‘yicha amaliyotga ruxsat beruvchi amaldagi sertifikat.o O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori, Klinik ordinatura to‘g‘risidagi Nizomning 43-bandiga asosan, 2-bosqich klinik ordinator rahbarlarining yozma tavsiyanomasi asosida soha bo‘yicha tungi navbatchilik qilish yoki o‘qishdan tashqari vaqtda mutaxassisligi bo‘yicha ishlash.