sanitarka

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Mirzo Ulug‘bek tumani 💰 2 505 675 so'm 👁️ 5 ko'rish 📅 15.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi Bo'lim: Jarroxlik bo'limi Vazifalar: Palata, koridor, muolaja xonalari, sanitariya xonalari va boshqa biriktirilgan joylarni toza va ozoda saqlash. Xonalarni belgilangan jadval asosida nam usulda tozalash va dezinfeksiya qilish. Dezinfeksiya vositalarini belgilangan konsentratsiyada tayyorlash va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. Bemorlar yotadigan joylarni, karavot, tumba, stol va boshqa jihozlarni tozalash. Choyshab, yostiq jildi va boshqa yumshoq inventarlarni almashtirishda ishtirok etish. Bemorlarning foydalanilgan kiyim-kechak va choyshablarini belgilangan tartibda yig‘ish va topshirish. Tibbiy va maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish, ajratish va chiqarish. Sanitariya xonalarini muntazam tozalash va dezinfeksiya qilish Ish sharoitlari: grafik asosida Manzil / aloqa: Toshkent shahar Yunusobod tumani, G`ayratiy 24 uy. +998712248933

✅ Talablar

Umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lishi. Sanitariya-gigiyena va epidemiologik xavfsizlik qoidalarini bilishi. Xonalarni tozalash va dezinfeksiya qilish tartibini bilishi. Dezinfeksiya vositalarini tayyorlash, saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilishi. Tibbiy va maishiy chiqindilarni yig‘ish, saralash va chiqarish tartibini bilishi. Tozalash inventarlarini to‘g‘ri ishlatish, yuvish va dezinfeksiya qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi. Shaxsiy gigiyena va maxsus himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishi. Bemorlarni parvarish qilish va ko‘chirishda hamshiraga yordam bera olishi. Mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilishi. Tibbiyot muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi.

📎 Manba