Boshqarma boshlig'i
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Bo'lim: Ilm-fan, innovatsiyalar va ta'limni rivojlantirish boshqarmasi
Vazifalar:
Ish faoliyati bo‘yicha:
ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
sohani rivojlantirish bo‘yicha strategik hujjatlar, konsepsiyalar, dasturlar va «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni tanlash, tahlil qilish va monitoringini tashkil etish;
ilmiy ishlanmalarni qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy etish bo‘yicha mexanizmlar ishlab chiqish;
agrar ta’lim tizimi faoliyatini tahlil qilish va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari va donorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Ish sharoitlari:
Dushanba - Juma kunlari 9:00 dan 18:00 ga qadar
Manzil / aloqa:
100140, Тошкент вилояти, Қибрай тумани, Университет кўчаси, 2-уй
(998) 71 206-7030
✅ Talablar
Ma’lumoti: Oliy
Mutaxassisligi: qishloq xo‘jaligi, agronomiya, iqtisodiyot, menejment
Ish staji: ta’lim va ilmiy yo‘nalishda kamida 7 (yetti) yil, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida kamida 3 (uch) yil ish stajiga ega bo‘lishi.
Soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari:
O‘zbekiston Respublikasining ilm-fan, innovatsion faoliyat, ta’lim va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini;
ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga oid davlat siyosati, konsepsiyalari, strategiyalari va dasturlarini;
oliy, professional va malaka oshirish ta’limi tizimining asosiy tamoyillarini;
agrar ta’limni modernizatsiya qilish va ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarini;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish asoslarini;
ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, tijoratlashtirish va transfer qilish mexanizmlarini;
innovatsion loyihalarni shakllantirish, baholash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibini;
xalqaro ilmiy va ta’limiy hamkorlikni tashkil etish, grantlar va xalqaro loyihalar bilan ishlash asoslarini;
strategik rejalashtirish, loyihalarni boshqarish va natijadorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish usullarini bilishi.
Ilmiy darajaga ega bo‘lishi (fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc))
Tajriba: kamida 7 yil